» » Andrey Miklyayev: Andijondagi stadion holatiga qarash og‘ir, jamoalar maydonga qarshi kurashdi

Andrey Miklyayev: Andijondagi stadion holatiga qarash og‘ir, jamoalar maydonga qarshi kurashdi


“Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida kechgan “Andijon”ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan (1:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bundan juda xursandmiz. Hozirda o‘zgarishlar davri ketmoqda. Tarkibimizda yosh yigitlar juda ko‘p. Shu boisdan ularning o‘zlariga kelib olishi uchun vaqt kerak. Yigitlarga katta rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashdi. Hatto o‘n kishi bo‘lib qolganda ham taslim bo‘lmadi.

Mavsum boshidan inobatga olsak, 9 nafar futbolchi jamoani tark etdi, ayrimlar horijga yo‘l oldi. Klub oldimizga tarkibni yoshartirish vazifasini qo‘ydi. Biz ham yoshlarimizga, o‘rinbosarlar tarkibimizdan asosiy tarkibga futbolchilarni jalb qilishga harakat qilyapmiz.

Tarkibimizda 6 nafar jarohatlangan futbolchilar bor. Shu boisdan ularning xizmatidan foydalana olmayapmiz.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilib ketmoqchiman. Andijondagi maydonning holati yaxshi emasdi, shu boisdan jamoa biz, muxlislar kutgan futbolni namoyish qila olmadi. Aytishim mumkinki, ayni damda bu stadion biz o‘ynagan eng yomon stadion. Yaqindagina Andrey Kanchelskis tanqid qilgan TTYMI stadioni bilan esa farq yer va osmonchalik. Bu stadionda yarim yil o‘yin bo‘lmadi. Shu boisdan o‘yinda futbolchilar maydonga qarshi kurashdi. O‘t o‘sib ketgan, o‘rilmagan, to‘p yurmayapti. Qum to‘kib qo‘yilgan joy esa changib ketmoqda. Bunga qarash og‘ir. Agarda stadion yaxshi bo‘lsa, muxlislar ham kiritilsa, boshqacha o‘yin bo‘lardi.

Andrey Miklyayev, “Lokomotiv” bosh murabbiyi

Ushbu g‘alabadan keyin Andrey Miklyayev shogirdlarining ochkolarini 15 taga yetdi, jamoa 10-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda jamoa “Navbahor”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют