» » Xiaomi pulsni o‘lchashga qodir futbolkani sotuvga chiqardi

Xiaomi pulsni o‘lchashga qodir futbolkani sotuvga chiqardi


Xiaomi kompaniyasi MIJIA Sports ECG T-Shirt futbolkasini sotuvga chiqardi. Yangi futbolka EKG datchikka ega bo‘lib, mashg‘ulot paytida insonning yurak urishi va pulsini o‘lchay oladi, deb yozadi Gizmochina.

Mazkur futbolka elastik polimerdan ishlangan va u mushaklarni bo‘rttirib turadi, harakat vaqtida xalaqit bermaydi.

Ixtirochilarning ta’kidlashicha, futbolkaga o‘rnatilgan datchiklar fitnes-bilakuzuk va “aqlli” soatlardan ko‘ra aniqroq ishlaydi.

Datchikdagi yorug‘lik diodli indikator yuklama darajasini ko‘rsatib turadi. Uning rangi yurak urishining chastotasiga qarab o‘zgaradi, shu sababli sportchi osonlikcha unga o‘rganishi va yugurish vaqtida tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin.

MIJIA Sports ECG T-Shirt Xitoyda 299 yuandan (taxminan 43 dollar) sotuvga chiqqan.

Avvalroq Apple Watch Series 6 qondagi kislorod miqdorini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xiaomi Mi Band 5 fitnes-bilaguzugini taqdim etdi. U bir marta quvvatlantirish bilan 1 oy ishlaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют