» » AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonning investitsiyaviy muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni ma’lum qildi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonning investitsiyaviy muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni ma’lum qildi


Iqtisodiyotda davlat monopoliyalarining ustunligini qisqartirishda O‘zbekiston hukumatining sezilarsiz odimlayotgani, davlat xaridlari amaliyotida shaffof bo‘lmagan amaliyotning davom etayotgani hamda davlat muassasalari va korxonalari tomonidan shartnomaviy majburiyatlarga izchillik bilan rioya etilmayotgani mamlakatning investitsiyaviy muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu xulosa AQSh Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan dunyoning 165 dan ortiq mamlakatidagi investitsiyaviy muhiti to‘g‘risidagi yillik hisobotida keltirilgan, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Hisobotda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning xususiy biznesi rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan xususiy mulkni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinmayotgani xavotir uyg‘otadi.

“Kichik korxonalar mol-mulklari hududiy yoki tuman hokimiyatlari bilan yaxshi aloqasi bo‘lgan kompaniyalar yoxud ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan loyihalar foydasiga olib qo‘yilayotgani haqida xabar berilmoqda. Intellektual mulk huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning qo‘llanilishi hali-hamon yetarli darajada emas”, — deyiladi hisobotda.

Shu bilan birga, Davlat departamenti 2016-yilda hukumat tomonidan boshlangan liberallashtirish siyosati o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi. Xususan, O‘zbekistonga jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2018-yilda 1,6 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 4,2 milliard dollarga yetdi. Mamlakat Jahon bankining Doing Business reytingida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida eng ko‘p yutuqlarga erishgan eng yaxshi 20 mamlakat qatoriga kirdi. Buyuk Britaniyaning The Economist nashri O‘zbekistonni 2019-yil mamlakati deb e’lon qildi. 2020-yil fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi 10,6 mingdan ziyod kompaniya faoliyat yuritgan va ulardan 3000 tasi 2019-yilda tashkil etilgan.

“To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xususiy sarmoyalar O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun juda muhimdir, ammo hukumat investitsiyalarni eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi sohalarga yo‘naltirishda davom etmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi AQSh Davlat departamenti.

AQSh Davlat departamenti investitsion muhit to‘g‘risidagi hisobotni AQSh kompaniyalariga biznes to‘g‘risida har tomonlama o‘ylangan qarorlar qabul qilishda yordam berish uchun e’lon qiladi. Hisobotda xorijiy investitsiyalar uchun ochiqlik, huquqiy rejim va shaffoflik, ko‘chmas mulk va intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni himoya qilish, korrupsiya, siyosiy muhit kabi omillarni hisobga olgan holda tashqi bozorlardagi sharoitlar keltirib o‘tilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga 3 mln dollar sarmoya kiritgan xorijliklarga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют