» » Niderlandiyada to‘tiqushlarni qo‘rqitib o‘ldirib qo‘ygan kompaniya 68 ming yevro jarimaga tortildi

Niderlandiyada to‘tiqushlarni qo‘rqitib o‘ldirib qo‘ygan kompaniya 68 ming yevro jarimaga tortildi


Niderlandiya janubidagi Sxeyndel shahrida havo sharlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya uchta to‘tiqushni qo‘rqitib yuborgani uchun jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Dutch News.

Nashrning qayd etishicha, kompaniya uchta noyob to‘tiqushning nobud bo‘lgani uchun qushlarni kolleksiya qiluvchi kishiga 68 ming yevro kompensatsiya to‘laydi. Nobud bo‘lgan qushlar orasida qiymati 40 ming yevrolik bir juft yirik giasint ara va 1250 yevroga teng sariqbo‘yin amazon bo‘lgan.

Kompensatsiya ichiga qushlar dunyoga keltirishi mumkin bo‘lgan naslni sotishdan tushadigan 14 ming yevro ham kiradi.

Qushlar 2017-yil mart oyida musobaqalashayotgan havo shari ularning qafasidan atigi 50 metr narida uchib, asosiy o‘t oldirgich (gorelka)ni yoqqan paytida qo‘rquvdan o‘lgan. O‘t olgan paytda chiqqan shovqin stressga olib kelishi oqibatida ular halok bo‘lgan.

Avvalroq sud to‘tiqushlar stressdan o‘lganini aniqlagan, lekin aybdor topilmagan edi. Balandlik va masofa to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘tiqushlarga Sxeyndeldan bo‘lgan kompaniyaning havo shari hammadan yaqin kelganini ko‘rsatgan, bunda u yerdan atigi 15 metr balandlikda bo‘lgan.

Havo sharini boshqargan kishi havoda muallaq turishi uchun gorelkani yoqishga majbur bo‘lgani bilan o‘zini oqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют