» » O‘tgan 36 yil ichida dunyo bo‘yicha yovvoyi hayvonlar soni 68 foizga qisqarib ketdi

O‘tgan 36 yil ichida dunyo bo‘yicha yovvoyi hayvonlar soni 68 foizga qisqarib ketdi


O‘tgan 40 yildan kamroq vaqt ichida yovvoyi hayvonlar populyatsiyasi 68 foizga kamayib ketdi. Bu haqda Butunjahon yovvoyi tabiat fondi hisobotiga tayanib, CNN xabar berdi.

Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 36 yil ichida sutemizuvchilar, qushlar, baliq, reptiliya va amfibiyalar populyatsiyasi falokatli darajada 4392 ta turga qisqargan.

1970-yildan 2016-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida o‘tkazilgan mutaxassislar tadqiqotidan ko‘rish mumkinki, Lotin Amerikasi va Karib mintaqasidagi populyatsiya 94 foizga qisqargan. Ayniqsa, suv havzalarida yashaydigan jonivorlar ko‘proq jabr ko‘rmoqda.

Hayvonot olamining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish va yovvoyi tabiatni haddan ortiq ekspluatatsiya qilish.

Olimlarning ogohlantirishicha, ekotizimning buzilishi oqibatida hayvonlar, o‘simliklar va hasharotlarning millionga yaqin turi yaqin o‘n va yuz yillikda butunlay yo‘qolib ketishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют