» » Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 28 mln nafardan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 28 mln nafardan oshdi


Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 28 million kishidan oshdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

To‘rt kun ichida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 million kishiga ko‘paygan: 27 millionlik ko‘rsatkich 7-sentabr kuni qayd etilgandi.

Kasallanish bo‘yicha eng ko‘p holatlar AQShda qayd etilgan — 6,3 million. Uning ortida Hindiston (4,4 million) va Braziliya (4,2 million) o‘rin olgan. Ushbu mamlakatlar koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda. AQShda 191,7 ming kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan bo‘lsa, Braziliyada ushbu ko‘rsatkich 129,5 mingni, Hindistonda — 75 ming kishini tashkil etmoqda.

COVID-19 bilan eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan davlatlar o‘ntaligidan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:

Avvalroq butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 900 ming kishidan oshib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgan. 27-avgustda 24 milliondan, 30-avgustda esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 25 million nafardan oshgan.

Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirus pandemiyasi oxirgi pandemiya emasligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют