» » Yaponiyalik yigit velosiped o‘g‘rilarini chalg‘itadigan nakleyka o‘ylab topdi

Yaponiyalik yigit velosiped o‘g‘rilarini chalg‘itadigan nakleyka o‘ylab topdi


Yaponiyalik 29 yoshli Motoki Reoga velosiped o‘rindig‘i uchun qush axlati ko‘rinishidagi nakleykalar o‘ylab topdi. Bu haqda Esquire xabar beradi.

Stikerni universitetdagi dizayn kursi doirasida ishlab chiqqan Motokiga original ixtirosi uchun sovrin berilgan. Reoga Yaponiyada har 15 daqiqada velosiped yo‘qolishi, 2018-yilda o‘g‘irlangan 35 395 velosipedning 42 foizi qulflab qo‘yilganiga ham qaramay o‘g‘irlab ketilganini aniqlagan. Bu ma’lumot Motokining muammoga yechim topishga undagan.

????8?37?????????????? #??????????? ?????????????????? #???????? ????????

???????????????#happy1242 #?????? pic.twitter.com/U00BK4TZs0

— ????????????????? (@happy_1242) August 30, 2020

Reoga eksperiment o‘tkazishga qaror qilgan, ko‘chadagi 1000 ta velosipedga nakleyka yopishtirib chiqqan va ularni qulflamagan. Natijada besh kun ichida velosipedlarning birontasi ham o‘g‘irlanmagan. Shundan keyin u kraudfanding platformasida stikerlar taqdim qilish uchun mablag‘ yig‘ishni boshlagan. Rejaga ko‘ra 200 ming iyena (11875 dollar) kerak bo‘lgan, ammo foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo‘lgan ixtiroga jami 450 ming iyena (4216 dollar) yig‘ilgan.

???????

??????????????????????????????Second??????????????????https://t.co/9RUPpVI4IW @itm_nlab #???????? #??????? pic.twitter.com/3c4zIO1pkv

— ???? (@itm_nlab) September 9, 2020

Nakleykani mototsikl o‘rindiqlariga ham yopishtirsa bo‘ladi. Stikerni o‘rindig‘iga yopishtirishga ko‘ngli bo‘lmaganlar uchun Reoga xuddi shu surat tushirilgan maxsus g‘iloflar ishlab chiqargan.

Mavzuga doir: Ekvadorda Zoom orqali dars qilayotgan talabaning uyiga o‘g‘ri tushdi. Qolgan talabalar buni payqab qolib, politsiya chaqirgan (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют