» » USAID Buxoroda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun Yomonjar kanalini qayta tiklashni moliyalashtirdi

USAID Buxoroda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun Yomonjar kanalini qayta tiklashni moliyalashtirdi


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev bilan birgalikda Buxoro viloyatidagi Yomonjar irrigatsiya tizimini yangilashga bag‘ishlangan virtual tadbirni Toshkentda ochib berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bergan.

Qayta tiklash ishlari Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) amalga oshirayotgan “Suv, ta’lim va hamkorlik”(Smart Waters) loyihasi doirasida AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilgan.

Yomonjar O‘zbekistonning eng qurg‘oqchil hududlaridan biri bo‘lib, u O‘zbekiston–Turkmaniston chegarasida joylashgan sug‘orish kanalidir. Gidropostlar va o‘lchash uskunalarining mavjud emasligi sababli fermerlar o‘rtasida suv taqsimotining muvofiqlashtirilmaganligi hududdagi asosiy muammo edi. 1978 yilda qurilgan kanal O‘zbekistonning Buxoro viloyati Qorako‘l va Olot tumanlaridagi 8000 gektar yerni sug‘orish uchun asosiy kanal – Amu-Buxorodagi suvni yo‘naltiradi, uning umumiy uzunligi 32,5 kilometr bo‘lib, qariyb 34 ming kishiga xizmat qiladi. Ushbu kanalda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan qayta tiklash ishlari to‘siq inshooti, gidropostni qurish, suv chiqarish joylarini rekonstruksiya qilish hamda kanal o‘zanini betonlashtirishni o‘z ichiga olgan.

Elchi Rozenblyum o‘z nutqi davomida Yomonjar kanalining qayta tiklanishi va suvning iqtisodiyot o‘sishidagi va mintaqaviy tinchlikni saqlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritgan.

“Suv bu – hayot: u har qanday iqtisodiyotning o‘sishi, mintaqaviy tinchlik va barqarorlik hamda jamoaviy farovonligimiz uchun juda muhimdir. Qayta tiklangan Yomonjar kanali suvni tejash va uni mahalliy fermerlarga sug‘orish uchun taqdim etish bo‘yicha mahalliy hamjamiyatlar tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, bu ham o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanish uchun ahamiyatlidir. Ushbu kanalni qurish va tiklash ishlarini qo‘llab-quvvatlaganimizdan juda mamnunmiz”, – deydi AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi.

Qayta tiklangan kanal ikki tuman o‘rtasida suv iste’molini hisobga olish va bu boradagi hisobotni takomillashtirishga, suv resurslarini boshqarishda shaffoflikni ta’minlashga hamda samaradorlikni oshirish va kanal o‘zanining infiltratsiyasini qisqartirish orqali suv yo‘qotishlarini kamaytirishga imkon beradi, deyiladi elchixona axborotida.

“USAID tomonidan moliyalashtirilayotgan “Suv, ta’lim va hamkorlik” (Smart Waters) dasturi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonga suvni boshqarish bo‘yicha texnik ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga yordam beradi va transchegaraviy masalalar bo‘yicha jamoalar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga hamda umumiy suv resurslarini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan professional kadrlarni o‘qitishga yordam beradi.

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdo hajmini oshirish, sog‘liq uchun jiddiy tahdidlarni, shu jumladan, COVID-19’ni bartaraf etish, shuningdek, hukumatning aholi ehtiyojlarini qondirish uchun salohiyatini oshirish bo‘yicha ish olib bormoqda”, — deyilgan xabarda.

Avgust oyida “Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida ‘Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish’ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilingan. Unga muvofiq viloyatda suv ta’minotini yaxshilashga 2020—2023-yillarda jami 437,6 million dollar sarf qilinishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют