» » “Ayoz bobo”, “Qor malikasi” kabi mashhur filmlardagi aktyor bolalarning hozirgi ko‘rinishi (foto)

“Ayoz bobo”, “Qor malikasi” kabi mashhur filmlardagi aktyor bolalarning hozirgi ko‘rinishi (foto)


Biz uchun sevimli bo‘lgan bola qahramonlar rolini ishtirok etgan aktyor va aktrisalar allaqachon katta bo‘lgan va ayrimlari boshqa kasbni tanlagan.

Natalya Sedix

Mashhur roli: “Ayoz bobo”(1964) filmidagi Nastenka

Ayni vaqtda: 71 yosh, aktrisa

Bolaligida aktrisa bo‘lishni istamagan Natalya, muz ustida konki uchish sporti bo‘yicha shug‘ullangan va televizor orqali chiqishidan keyin rejissor Aleksandr Rouning e’tiborini tortgan. Shundan keyin rejissor uni “Ayoz bobo” filmida suratga tushishga taklif qilgan. Oradan 4 yil o‘tib, uning yana bir “Olov, suv va … mis trubalar” filmida suratga tushgan. Aktrisa 1969-yilda xoreografiya bilim yurtini bitirib, “Katta teatr”ning balet guruhi a’zosiga aylanadi. So‘nggi marta 2010-yilda suratga tushgan aktrisa teleshoularda ishtirok etib turadi.

Yelena Proklova

Mashhur roli: “Qor malikasi” (1966) filmidagi Gerda roli

Ayni vaqtda: 66 yoshda, teatr va kinoda suratga tushadi hamda teleboshlovchilik qiladi

Yelena bolaligida aktrisa bo‘lishni emas, gimnastika bilan shug‘ullanishni istagan. 11 yoshida sport ustasi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Yelena, 12 yoshida ilk bor “Qo‘ng‘iroq chalinmoqda, eshikni oching” filmida suratga tushgan. Oradan bir yil o‘tib “Qor malikasi” filmida bosh qahramon rolini ijro qilgan. Shundan keyin u ko‘plab film va seriallarda suratga tushgan. 2006-yilda teleboshlovchilik faoliyatini boshlagan Proklova ayni vaqtda “Andreyevskiy bayrog‘i” filmida suratga tushmoqda.

Anna Ashimova

Mashhur roli: “Afsungarlar” (1982) filmida Nina Puxova

Ayni vaqtda: 46 yoshda, uy bekasi

Anna, Pionerlar saroyida raqs va qo‘shiq aytish bilan mashg‘ul bo‘lgan bir vaqtda, rejissor asistenti mitti Nina roli uchun ijrochi izlab kelgan. U kastingdan o‘tib filmga tasdiqlangan. Ammo ushbu rol uning aktrisalik faoliyatidagi birinchi va oxirgi roli bo‘lgan. U iqtisodiy informatika fakultetini bitirib biroz vaqt jurnalda ishlagan. Shundan keyin turmushga chiqib farzandli bo‘lgan va o‘zini oilasiga bag‘ishlagan.

Makoley Kalkin

Mashhur roli: “Uyda yolg‘iz (1990) filmidagi Kevin Makkalister

Ayni vaqtda: 39 yoshda, Bunny Ears saytiga egalik qiladi

Muxlislarga Kevin sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Makoley, 90-yillarda mashhurlik cho‘qqisida bo‘lgan. U “ Mening qizim”, “Yaxshi o‘g‘il”, “Boyvachcha Richi” va boshqa filmlarda ham suratga tushgan. 1995-yil Makoley Kalkin tarixda brinchi bo‘lib eng ko‘p maosh oladigan bolalar aktyoriga aylandi, u “Uyda yolg‘iz” filmi uchun 4,5 million dollar olgan. 2012-yilda u tomonidan asos solingan The Pizza Underground rok-gruppasi 4 yildan keyin faoliyatini to‘xtatgan. Makoley ayni vaqtda Parijda yashaydi. O‘zining Bunny Ears saytida esa turli mavzu va podkastlar berib boradi.

Ross Melinjer

Mashhur roli: “Sietllik bedorlar (1993) filmidagi Jon Bolduin

Ayni vaqtda: 35 yosh, menejer

Mazkur rolidan keyin Ross yana 30 ga yaqin filmda suratga tushgan, ammo 2006-yilda aktyorlik faoliyatiga nuqta qo‘ygan. Ayni vaqtda Automotive Legends kompaniyasida menejer.

Erik Lloyd

Mashhur roli: “Santa-Klaus” (1994) filmida Charli Kelvin

Ayni vaqtda: 33 yoshda, LP Studios ovoz yozish studiyasi asoschisi

1,5 yoshida reklamaga suratga tushgan Erik keyinchalik Gollivud ijodkorlari e’tiboridan chetda qolmagan. “Santa-Klaus”da suratga tushganida 8 yoshda bo‘lgan aktyor mashhurlikka erisha boshlagan. Shundan keyin u “Santa-Klaus 2” (2002), “Santa-Klaus 3” (2006) filmlarida suratga tushgan. Ayni vaqtda u LP Studios ovoz yozish studiyasi asoschisi hisoblanadi.

Sara Rouzen Frutman

Mashhur roli: “Ijaraga oila” filmidagi Zoi roli

Ayni vaqtda: 30 yoshda, antropolog

“Tungi kelgindilar” filmi 5 yashar Sara uchun debyut bo‘lgan. “Ijaraga oila” filmidagi roli esa unga mashhurlik olib kelgan. So‘nggi marta “Omelaning o‘g‘illari” filmida suratga tushgan. Sara universitetda antropologiya yo‘nalishida ta’lim olgan, ammo ayni vaqtda nima bilan shug‘ullanishi ma’lum emas.

Tomas Brodi-Sangster

Mashhur roli: “Haqiqiy sevgi” (2003) filmidagi Denielning o‘gay o‘g‘li

Ayni vaqtda: 29 yoshda, aktyor va musiqachi

Yulduzlar oilasida dunyoga kelgan Tomas, 12 yoshida debyut rolini ijro qilgan. “Kafil”dagi rolidan keyin esa mini-serialdagi eng yaxshi aktyor deb topilgan. “Haqiqiy sevgi” filmida Sem rolini ijro qilgan aktyor, “Tristan va Izolda”, “Mening qattiqqo‘l enagam” filmlari va “Taxtlar o‘yini” serialida suratga tushgan. U ayni vaqtda aktyorlik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Alina Bulinko

Mashhur roli: “Archalar” (2010) filmining birinchi qismida Varya

Ayni vaqtda: 22 yoshda, aktrisa

Bolaligidan balet bilan shug‘ullangan Alina, yetti yoshida Chaykovskiy hayoti haqidagi filmda suratga tushgan. Maxsus ingliz maktabida ta’lim olgan Bulinko, 2007-yilda “Baribir ham sevaman” teleserialida suratga tushgan. “Archalar” filmidagi roli unga mashhurlik olib kelgan. Shundan keyin aktrisa suratga tushishda davom etgan. U Rossiya davlat gumanitar universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют