» » Professional futbol ligasi quyi liga klublari uchun legionerlar to‘lovini ikki barobar kamaytirdi

Professional futbol ligasi quyi liga klublari uchun legionerlar to‘lovini ikki barobar kamaytirdi


O‘zbekiston Professional futbol ligasi quyi liga vakilliari (Pro-Liga, Birinchi Liga) uchun legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lanadigan pul miqdorini kamaytirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, o‘z safiga legioner futbolchini jalb etmoqchi bo‘lgan klub PFLga ikki xil to‘lovni amalga oshirib kelgan. Jumladan, bu quyidagi ko‘rinishda amalga oshirilgan: O‘zPFL belgilab bergan talablarga javob beruvchi legionerlar uchun 20 million so‘m, javob bermaydiganlari uchun 100 million so‘m.

Tashkilot xabariga ko‘ra, 2020-yilgi mavsum uchun reglament yozishda legioner futbolchilar saviyasiga futbol klublarining o‘zi bevosita javobgar ekani inobatga olindi va barcha legioner futbolchilar uchun to‘lov 50 million so‘m etib belgilangan.

“Virus sharoitida quyi liga klublarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zPFL ularning legioner futbolchilar uchun to‘lovlarini kamaytirish taklifi bilan chiqdi hamda tashkilot Ijroqo‘mining qo‘llab-quvvatloviga erishdi. Endilikda mazkur klublar bu boradagi to‘lovlarni ikki barobar kam miqdorda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi”, — deyiladi PFL xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tashkilotning Birinchi Liga klublari badal pulini ikki barobar kamaytirgani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют