» » Komil Allamjonov AOKA va Adliya vazirligini OAV vakillari huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishga chaqirdi

Komil Allamjonov AOKA va Adliya vazirligini OAV vakillari huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishga chaqirdi


Milliy mass-mediani qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov AOKA va Adliya vazirligini tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan malumot taqdim etmaganlik yoki notogri malumot taqdim etganlik, shuningdek, OAV faoliyatiga tosqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim otkazganlik uchun javobgarlikni belgilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishga chaqirdi.

Bu yil juda ogir keldi. Pandemiya hammani esankiratib qoydi. Rejalar buzilib ketdi. Tadbirlar qoldirildi. Oz navbatida, matbuot ham, gap kotara olmaydiganlar qahriga bir necha bor uchrab, ancha sinovlarni boshidan otkazdi.

Hammaning asabi taranglashgan, bitta gap kam, ikkitasi kop, deydigan davr boldi. Faqat bizda emas, butun dunyoda matbuot tazyiqlarga uchradi.

Lekin bu soz erkinligi yana bogiladi, Prezidentimiz tomonidan boshlangan islohotlar amalga oshmay qoldi, degani emas. Mana, ayni kunlarda AOKA va Adliya vazirligi tomonidan qator normativ hujjatlar tayyorlanmoqda.

Birinchisi Prezidentning PQ-4551 sonli qarori ijrosi boyicha. Unga kora, AOKA va Adliya vazirligi tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolgan jazo turlarini tayinlashni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlab, kiritishi lozim.

Shu orinda, mazkur qaror OAV rivojiga katta turtki beradi, deb oylayman. Avval ham takidlaganimizdek, jurnalist yoki bloger matbuotda aytgan sozi uchun qamalmasligi kerak. Mayli, jarima tolasin, qilgan xatosi uchun mamuriy javobgarlikka tortilsin, lekin ozodlikdan mahrum bolmasin.

Ishi hamma rivojlangan davlatlar kabi ochiq sudda adolatli korilsin.

Organib chiqdik. Ishonasizmi, yoqmi, bizdagi malumotlarga kora, shu paytgacha biror jurnalist bu modda bilan ozodlikdan mahrum qilinmagan ekan.

Xullas, amalda ishlamaydigan bu qonun jahon miqyosidagi indeks va reytinglarimizning osishiga xalaqit beryapti, xolos. Shunday ekan, Prezident qarorida belgilangan vazifa tez kunlarda bajariladi, deb umid qilamiz.

Ikkinchi hujjat, Prezidentning PQ-4366 qaroriga kora, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan malumot taqdim etmaganlik yoki notogri malumot taqdim etganlik, shuningdek, OAV faoliyatiga tosqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim otkazganlik uchun javobgarlikni belgilashga qaratilgan. Bu masala yuzasidan ham AOKA va Adliya vazirligi takliflarni ishlab chiqib, kiritishi lozim.

Oz navbatida, bizning Fond ham Prezidentimiz tomonidan ushbu yonalishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash, ochiqlik, matbuot va davlat idoralari hamkorligi mexanizmlarini yanada takomillashtirishda har tomonlama yordamga tayyor ekanligini, jurnalist va blogerlarni yigib, bu masalalar yuzasidan ularning takliflarini organishini takidlab otmoqchiman.

Bizning bosh maqsadimiz ham OAV xodimlari uchun xavfsiz faoliyat maydonini yaratishga erishishdir.

Komil Allamjonov,Milliy mass-mediani qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi

Eslatib otamiz, avgust oyining boshlarida Komil Allamjonov OAV va blogerning ovozini ochirishga urinish bilan hech qanday natijaga erishib bolmasligini aytgandi. Shuningdek, Allamjonov Ular loyihasiga bergan intervyusida hamOzbekistonda jurnalist va blogerlar gapirgan gapi uchun qamalmasligi kerakligini takidlagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (11-09-2020, 17:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -