» » Adliya vaziri: “Korrupsiya sabab davlat kimnidir o‘ldirishini bugungi XXI asrda qabul qilolmayman”

Adliya vaziri: “Korrupsiya sabab davlat kimnidir o‘ldirishini bugungi XXI asrda qabul qilolmayman”


Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida OAV vakillari uchun 2020-yilning 11-sentabr kuni matbuot anjumani tashkil etildi. Unda vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurash tizimining yaratilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari va erishilgan natijalar to‘g‘risida so‘z bordi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Davletovning ta’kidlashicha, korrupsiyaga qarshi o‘lim jazosini joriy qilishdan ko‘ra, jazoning muqarrarligi muhimroqdir.

“Ko‘p odam ‘O‘lim jazosini kiritish kerak, qattiq jazolash lozim, Xitoy shunday qilyapti’, deydi. Men bunday fikrlarga, umuman, qo‘shilmayman. Gap o‘lim jazosida emas, jazoning muqarrarligida, deb o‘ylayman. Transparency International tashkilotining butun dunyo tan olgan reytingi bor. Bu korrupsiyani qabul qilish indeksi. Unga kiritilgan davlatlarni o‘rganib chiqsangiz, birortasida korrupsiyaga qarshi o‘lim jazosi yo‘q.

O‘lim jazosi nima uchun kerak? Davlatning kimnidir o‘ldirishini bugungi XXI asrda men qabul qilolmayman. U odamga hayotni davlat baxsh etmagan.

Hamma yaxshi ko‘radigan va juda ko‘p gapiradigan Singapurda eng maksimal jazo 7 yil, asosiy holatlarda esa 5 yil. Bu qonun hujjatlarida belgilangan. Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashdagi bugungi darajasi ko‘pchilikka ma’lum.

Shu o‘rinda yana aytmoqchimanki, korrupsiyaga qarshi o‘lim jazosini joriy qilish yoki 20 yilga qamash, degan narsa ahamiyatga ega emas. Jazoning muqarrarligi, ya’ni har bitta holatda: mayda korrupsiya ko‘rinishidan tortib eng kattasigacha davlat, jamiyat tomonidan kuchli reaksiya bo‘lishi kerak, degan fikrdaman”, — dedi Adliya vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi. 2020-yilning 11-fevralida mazkur organni tashkil etish masalalari bo‘yicha Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi. Iyun oxiriga kelib mamlakatda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi va unga “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov direktor etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют