» » O‘zbekistonda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi sifatida ro‘yxatga olingan yoshlar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi sifatida ro‘yxatga olingan yoshlar soni ma’lum qilindi


Senatning yettinchi yalpi majlisida “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilinib, ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva ushbu qonun haqida o‘z mulohazalarini bildirib, e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan asosiy masala — profilaktika ekanligini ta’kidladi.

“Birinchi navbatda giyohvand moddalar va psixoaktiv vositalarning mamlakatga kirib kelishi va iste’moliga qarshi kurashishning samarali mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunday moddalar iste’molining asosiy auditoriyasi yoshlar bo‘lib, ular orasida so‘nggi paytlarda an’anaviy giyohvand moddalaridan tashqari turli sun’iy (sintetik) moddalar iste’moli ommalashayotgani hammamizni tashvishlantirishi kerak”, — degan u.

Tanzila Norboyeva hozir yoshlarni giyohvandga aylantirish uchun ularni ko‘chalarda qidirib yurishdan ko‘ra internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘ldan urish oson bo‘lib qolganini qayd etdi. “Internetga kirib, sintetik psixoaktiv moddalar tayyorlash va ularni iste’mol qilish bo‘yicha ming hil ‘maslahat’ topish mumkin”, — deydi Senat raisi.

Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishi, deya qarash noto‘g‘riligi, bunga hamma – butun jamiyat mas’ul ekanligini ta’kidladi.

Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromovning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda 5889 nafar yoshlar giyohvandlik moddalari iste’mol qiluvchi sifatida ro‘yxatda turishibdi. Ularning asosiy qismi Andijon, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq ushbu yalpi majlisda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilinib, ma’qullangani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi narkodispanserlarda qancha odam hisobda turgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют