» » Kuzgi garderobda ayollar yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato (foto)

Kuzgi garderobda ayollar yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato (foto)


Har doim qanday kiyinish kerakligi haqida ko‘p takrorlashadi. Ammo bu safar biroz boshqacharoq, qanday kiyinmaslik haqida so‘z yuritmoqchimiz. Quyidagi keltirilgan suratlar orqali qo‘yiladigan 10 ta xatoni guvohi bo‘ling hamda o‘zingizda mavjud kamchiliklarni bartaraf eting.

Shimda hosil bo‘ladigan burmalar

Kuz mavsumida baland poshnali poyabzallar ko‘proq kiyiladi. Ammo bunday oyoq kiyimlar bilan jinsi yoki boshqa matodagi shimlarning pastki qismi yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Masalan, baland poshna hisobiga shimning pastki qismi burma bo‘lishi yoki yig‘ilib qolishi mumkin. Bu o‘z navbatida oyoqlarni semiz va kalta ko‘rinishiga olib keladi. Shuning uchun shimning uzunligi oyoq kiyimga mos kelishi yoki iloji bo‘lsa pastroq poyabzal bilan kiyish tavsiya etiladi.

To‘piqlarning ochiq qolishi

Haddan tashqari qisqartirilgan shim va oyoq kiyim orasida to‘piqning ochiq qolishi bu har tomonlama zarar. Tashqi ko‘rinishda ham bo‘rtib chiqib turgan oyoq qismi qomat ko‘rinishini buzadi, shuningdek, salomatlik borasida ham sovuq havoda bir qancha kasalliklar kelib chiqadi. To‘piq ko‘rinib turishini istovchilar uchun matosi qalin shim va tana rangidagi kolgotka kiyish tavsiya etiladi.

Qalin sviter bilan yupqa jenfer

Tananing tepa qismi pastkisiga nisbatan ancha nozik. Shuning uchun sovuq havoda ko‘proq qalin kurtkalar kiyiladi. Lekin qalin kofta yoki sviter ustidan yupqa jenfer, kardigan tashlab olish moda olami uchun zid. Sababi jenfer ichidan kiyilgan qalin liboslar burma va qavat hosil qiladi, ular yupqa jenfer ostidan juda xunuk ko‘rinishga olib keladi. Bu kabi yupqa yopinchiqlar ostidan yengil mayka yoki futbolka kiyish afzal.

Yupqa libos va qalin kolgotka

Qalin kolgotkalar odatda juda sovuq ob-havoda ko‘ylak va yubkalar bilan kiyiladi. Shunda ham ularning matosiga e’tiborli bo‘lish kerak. Agar ziyofatlar uchun yengil va ochiq rangdagi libos bilan qalin kolgotka tanlansa, bu har tomonlama yoqimsiz tuyg‘ularni paydo qiladi. Bayramona liboslar bilan yupqa va shaffof rang kalgotka kiyish tavsiya etiladi.

Mavsum uchun mos bo‘lmagan narsalar

Yozda kiyiladigan narsalarni kuzgi garderobga moslashtirish bu juda kulgili holat. Masalan, yozga mo‘jallangan oyoq kiyimlar yomg‘irli havo uchun umuman mos emas. Qanday qilib yengil poyabzalni qalin kiyimlar bilan kiyish mumkin? Buni tasavvur qilish ham qiyin. Inson o‘zini noqulay sezmasligi uchun kuzgi libosga mos poyabzal kiyishi uning tashqi ko‘rinishini yanada boyitadi.

Bir-biriga mos kelmagan tanlov

Inson o‘zida har qanday tajribani sinab ko‘rishi noto‘g‘ri fikr. Bu kiyinish masalasiga ham tegishli. Balki u o‘ziga yoqar, lekin atrofdagilarning kulgisiga sabab bo‘lish, albatta, kayfiyatga ta’sir qiladi. Libos tanlanganda u qomatga mos kelishi hamda biri ikkinchisini to‘ldirishi kerak. Bularning hech biri ko‘rinishda aks etmasa, darhol uslubni o‘zgartirish zarur. Masalan, poyabzal, shim, kardigan va koftaning uzunlik bo‘yicha bir-birini ta’kidlamasligi eng e’tiborli jihatlardan biri. Aks holda masxarabozga o‘xshash ko‘rinish paydo bo‘ladi.

Noto‘g‘ri tanlangan sviter

Shim yoki yubka ichiga kiritilgan sviter doim ham belni ta’kidlamaydi. Ba’zan bunday ko‘rinish qomatni to‘lacha aks ettirishi mumkin. Agar sviter juda uzun bo‘lsa va uni yashirishning imkoni bo‘lmasa, u holda kamar orqali tashqi ko‘rinishga o‘zgartirish kiritish kerak.

Qora libosdan voz kechish vaqti

Amaliyotga ko‘ra, ko‘pchilik qizlar g‘amginlikni unga monand kiyinishdan boshlaydi. Albatta, doimo qora uslubda kiyinish bora-bora insonning o‘zini ham, atrofdagilarni ham zeriktirib yuboradi. Agar kuz faslida oz bo‘lsa ham kayfiyatni ko‘tarishni istaydiganlar bo‘lsa, qora rangdan voz kechib biroz rangli liboslar xarid qilishi mumkin. Ular hech bo‘lmaganda yengilroq nafas olishga yordam beradi.

Ustki libos uzunligi juda ahamiyatli

Tor yubka va ustidan undan biroz qisqaroq plash yoki kardigan kiyish ayollar orasida eng keng tarqalgan xatolardan biri. Shuningdek, bu xato bo‘yning bir necha santimetrlarini o‘g‘irlaydi, qomatni ham ikki baravar semizroq ko‘rsatadi.

Juda yupqa pidjak

Yengil pidjaklar aslida kuz fasli uchun mo‘ljallanmagan. Uni balki yoz oxirida kiyish mumkin, shuning uchun ham uning davri qisqa. Tez g‘ijim bo‘ladigan va odatda ko‘p noqulayliklar tug‘diradigan pidjaklar deyarli isitmaydi. Shuningdek, ularni qalin kofta yoki sviterlar bilan ham kiyib bo‘lmaydi. Yaxshisi ularni yozgi harir liboslar bilan kechki ziyofatlarda kiygan afzal.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют