» » Baxtiyor Ashurmatov: “O‘yin so‘ngida e’tiborni yo‘qotdik va bu qimmatga tushdi”

Baxtiyor Ashurmatov: “O‘yin so‘ngida e’tiborni yo‘qotdik va bu qimmatga tushdi”


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 14-turi doirasida kechgan “Buxoro” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan (2:2) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Gapni ochig‘i, juda alamli durang bo‘ldi. Afsuski o‘yin oxirida e’tiborni yo‘qotdik va bu xato bizga qimmatga tushdi. Maydonda son jihatdan ham o‘yin jihatidan ham ustunlik qilayotgandik. Afsuski futbolda daqiqalar va soniyalar ham ko‘p narsani hal qiladi, o‘yin oxirida gol o‘tkazib yubordik. Natijada juda ham qimmatli ochkolarni qo‘ldan boy berdik. Sababi bizni yaqin raqobatchilarimizdan biri bo‘lgan “Nasaf” jamoasi bu turda g‘alaba qozondi. Biz g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga tushgandik. Afsuski, durang natija qayd etildi.

“Buxoro” jamoasi oxirigacha kurashdi va o‘zi uchun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritdi. Ularning OKMK jamoasi bilan o‘yinini ko‘rib chiqqandik. Ular har bir o‘yinda so‘nggi jangga chiqqandek harakat qilyapti. Har ikki jamoa futbolchilariga jangovar o‘yin uchun rahmat aytaman.

Gapni ochig‘i, o‘yin oxirida gol urganimizda yana g‘alaba qozonishimizga ishonayotgandim. Chunki, so‘nggi uchrashuvlarda aynan uchrashuv yakunlanishi arafasida yigitlarimiz xarakter ko‘rsatib, gol kiritishayotgan va g‘alaba qozonayotgandik. Bugun esa futbolda oldindan xursand bo‘lmaslik lozimligini o‘yin ko‘rsatib berdi. Futbol shunday o‘yinki, so‘nggi soniyalarda ham barchasi o‘zgarib ketishi mumkin.

Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi

Shundan keyin Buxoro shahri jamoasi ustozi Jamshid Saidov o‘yin haqidagi fikrlarini bayon qildi.

Afsuski, hisob 1:0 bo‘lib turganida tezkor gol o‘tkazib yubordik, juda alamli bo‘ldi. Umuman olganda yigitlarga katta e’tiroz yo‘q. Konsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik va gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilar oxirigacha kurashdi va g‘alaba uchun harakat qildi.

Jamshid Saidov, “Buxoro” bosh murabbiyi

Mazkur o‘yindan keyin “Qo‘qon-1912” ochkolarini 26 taga yetkazib olgan holda 4-o‘rinda qoldi. “Buxoro” (8) esa 13-pog‘onada bormoqda. Qo‘qonliklar 15-turda “Metallurg” bilan o‘ynaydi. “Buxoro” esa “Paxtakor”ga qarshi o‘yinni erta o‘tkazgani bois dam oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют