» » Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga zid ravishda eng ko‘p to‘y o‘tkazilgan viloyat ma’lum qilindi

Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga zid ravishda eng ko‘p to‘y o‘tkazilgan viloyat ma’lum qilindi


Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga rioya qilmagan holda o‘tkazilgan eng ko‘p to‘y marosimlari Farg‘ona viloyatida aniqlangan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Berdialiyev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.

Polkovnik Baxtiyor Berdialiyevning ma’lum qilishicha, 16-avgustdan buyon mahalla faollari va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida karantin qoidalariga rioya qilmagan holda o‘tkazilgan 243 ta to‘y marosimi aniqlangan.

“Jumladan, Toshkent shahrida 1 ta, Sirdaryoda 31 ta, Farg‘onada 75 ta, Jizzaxda 20 ta, Qashqadaryoda 20 ta, Buxoroda 7 ta, Andijonda 11 ta, Surxondaryoda 20 ta, Xorazmda 7 ta, Navoiyda 5 ta, Namanganda 30 ta, Samarqandda 10 ta va Qoraqalpog‘istonda 6 ta holatda karantin qoidalariga rioya qilinmay to‘y marosimlari o‘tkazilgan. Barcha marosim egalariga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan”, – dedi Baxtiyor Berdialiyev.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining ta’kidlashicha, asosiy maqsad chora ko‘rish yoki jazolash emas. “Har bir o‘tkazilayotgan marosimda xonadon a’zolari va tashrif buyuradigan mehmonlarning salomatliklarini asrash muhimligini aholiga tushuntirish”, deya qo‘shimcha qildi polkovnik.

Avvalroq to‘yiga belgilanganidan ortiq odam chaqirgan “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Ahmad Temurov jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga doir: “O‘tgan safar 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berganimizda ko‘p joylarda bu cheklovga amal qilinmagandi” — Shavkat Mirziyoyev

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlandi.

O‘zbekistonda 15-avgustdan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga yana ruxsat berildi.

Mavzuga doir: Andijonda to‘y o‘tkazish bilan bog‘liq karantin talablarini buzish holatlari aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют