» » O‘zbekistonda 11-sentabr kuni 593 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 11-sentabr kuni 593 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 700 nafardan oshdi


O‘zbekistonda 10-sentabr soat 23:30 dan 11-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 593 ta holat qayd etildi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46272 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,3 foizi 11-sentabrga to‘g‘ri keldi.

Yangi kasallangan 593 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘sha yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng to‘rtinchi marta kunlik kasallanish holatlari 370 tadan oshdi. Bu to‘rtala kunning bari oxirgi 4 kunga to‘g‘ri keldi.

Toshkent shahrida 264 kishida koronavirus aniqlandi. Bir kun oldinga nisbatan kasallanishlar soni deyarli ikki baravarga kamaydi. 10-sentabr kuni poytaxtda 510 kishida COVID-19 qayd etilib, antirekord o‘rnatilgandi. Toshkentda 3-sentabrdan 10-sentabrgacha koronavirusga chalinganlar soni faqat o‘sib borayotgandi, 11-sentabrga kelib kamayishni boshladi. Sentabrning 11 kunida Toshkentda kasallanganlar soni 2605 nafarga ko‘paydi. SSV jadvalidagi 14 ta hududdan 12 tasida epidemiya mavsumida hali buncha bemor aniqlanmagan. Hozirda Toshkentda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 28157 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning 60,8 foizi poytaxt hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkent viloyatida 182 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda ketma-ket ikkinchi kun kasallanganlar soni 180 nafardan oshmoqda. Bir kun oldin 186 kishida koronavirus qayd etilgandi. Sentabrda Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 1245 nafarga ko‘payib, umumiy kasallanganlar soni 8450 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 18,2 foiziga tengdir. Kasallanganlarning 18,2 foizi ilgari hech qachon Toshkent viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmagandi.

Namangan viloyatida 62 kishida koronavirus qayd etildi. Namanganda may, iyun, iyul, avgust va sentabr oylaridagi kunlarning hech birida kunlik kasallanish holatlari 50 taga ham yetmagandi. Endi esa bir kunda 62 kishida COVID-19 qayd etildi. Sentabr oyida Namangan koronavirusga chalinganlar soni 111 kishiga ko‘paydi. Viloyatda kasallanganlar soni 1020 nafarga yetdi. Namangan koronavirusga chalinganlar soni 1000 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan so‘ng yettinchi hudud bo‘ldi.

SSV Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

Birinchi o‘lim. Qashqadaryolik 54 yoshli A.J. ismli erkak vafot etgan. Uning qaysi tumandan ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashovchi 37 yoshli Sh.G. ismli ayol vafot etgan. Uning qaysi tumandan ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli B.A. ismli ayol vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 78 yoshli O.F. ismli ayol vafot etgan.

Yettinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli D.T. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 380 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 394 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2869 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

11-sentabr kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 468 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrda oltinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan past bo‘ldi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 272 nafar bemordan 43 023 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют