» » Saida Mirziyoyeva: ”Sudlov mexanizmi ayollar va jurnalistlarga nisbatan tezkor va shiddatli. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”

Saida Mirziyoyeva: ”Sudlov mexanizmi ayollar va jurnalistlarga nisbatan tezkor va shiddatli. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi”


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi sudlov tizimi barchaga barobar ishlamasligini, soha va jinsga qarab turlicha yondashuv mavjudligini aytib o‘tdi. Saida Mirziyoyeva bu haqda Telegram’dagi kanalida, o‘zining o‘g‘illi bo‘lgani haqidagi postida yozgan.

“Hozir o‘g‘lim bilan ertaklar emas, balki yangiliklar sadosi ostida uxlayapmiz. Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va shiddatli bo‘lib, bor kuchi bilan ishlayotganini ko‘rish men uchun og‘ir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim ko‘pincha to‘xtab qoladi. Bir vaqtning o‘zida haqoratlarga munosib javob uchun ozodlikdan mahrum qilish va sakkiz yillik xo‘rlik ostida yashaganlarni yarashuv bilan “jazolash” mumkin emas. Qiz bolaga ojiza va itoatkor bo‘lgani uchungina buyumdek qarash, dili og‘rigan-og‘rimaganini uning uchun hal qilish mumkin emas. Shaxsiy fikri uchun ta’qib qilish mumkin emas. Agar biz adolat tarafdori bo‘lsak, qonun ikkala tomon uchun bir xil ishlasin. Agar biz baxtli mamlakatda yashashni istasak, ayollarni erkaklar prioritetlaridan, jurnalistlarni esa bosimdan himoya qilishimiz kerak.

Ayollarga kelsak: qo‘limizda bola bo‘lganida, har bir jabhada erkaklar bilan tenglashish biz uchun shundoq ham qiyin, har birimiz farzand tug‘ilganida karyeramizning bir necha yilini yo‘qotamiz. Shunga qaramay, ba’zan bizga yana ayblov ham qo‘yishadi”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyati, jamoatchilik nazorati haqida ham o‘z fikrlarini bayon qilgan.

“To‘rt yil oldin Prezidentimiz so‘z erkinligini yoqlab chiqdi, mamlakatimiz bundan buyon toqat qilmas ekanmiz, sukut saqlab o‘tirmaymiz, degan xulosaga keldi. Shuni yodda tutishimiz kerakki, endilikda har bir noxush holat jamoatchilikka oshkor bo‘lmoqda: biz kichik jinoyatlar uchun ham barcha mumkin bo‘lgan moddalar bilan og‘ir jazoni qo‘llash holatlariga guvoh bo‘lyapmiz. Agar kimlargadir buning aksi kerak bo‘lsa, jazo yumshaydi va yengillashadi. Odamlar buni ko‘rib turibdi, muhokama qilishyapti va adolatga ishonmay qo‘yishyapti.

Men jurnalist va blogerlar sukut saqlamasligiga va boshlangan islohotlarni davom ettirish yo‘lida hissa qo‘shishiga qat’iy ishonaman. Jamoatchilik fikrining kuchiga ishonaman. Oldinda bizni yaxshi kunlar kutayotganiga ishonaman. Agar har kim o‘z obro‘sini saqlagan holda odamlar bilan hisoblashsa, hamma ish adolatli va to‘g‘ri bo‘ladi.

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, ayni kunlarda tuhmatni dekriminallashtirish hamda jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik uchun javobgarlikka oid ikki muhim qonun hujjati ishlab chiqish arafasida.

Bu oshkora jamiyat sari tashlangan yana ikki katta qadam bo‘ladi. Keling, buni birgalikda amalga oshiramiz”, — deya xulosa qilgan Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva o‘g‘illi bo‘lgani va bolakayga bobosi Shavkat Mirziyoyevning sharafiga Shavkat ismini qo‘ygani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 01:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют