» » O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalar o‘rniga psixotrop tabletkalarni iste’mol qilishga o‘tayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yoshlar an’anaviy giyohvand moddalar o‘rniga psixotrop tabletkalarni iste’mol qilishga o‘tayotgani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 5889 nafar giyohvandlik moddalari iste’mol qiluvchi yoshlar ro‘yxatda turibdi. Bu haqda ichki ishlar vazirining jamoatchilik tartibi bo‘yicha o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Senatning yettinchi yalpi majlisida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, ularning asosiy qismi Andijon viloyatida — 1232 nafar, Farg‘onada — 1093 nafar va Toshkent shahrida — 1188 nafar. Qolgan viloyatlarda 600—500 nafardan hisobda turibdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari oxirgi to‘rt yilda kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi hajmi ortib borayotganini ham ta’kidlab o‘tdi. 2016-yilda 58 mingta “dorixona narkotiklari”ning noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan bo‘lsa, 2017-yilda 62,5 ming, 2018-yilda 128 ming, 2019-yilda 365 mingta tabletka va boshqa giyohvand vositalar olingan. 2020-yilning 8 oyi ichida esa 191196 ta tramadol yoki tropikamid tabletkalari olib qo‘yilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida an’anaviy giyohvandlik moddalaridan voz kechib, ayniqsa, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qilish holatlari ko‘paymoqda. Hozirgi yoshlarda tramadol va yangi paydo bo‘lgan tropikamid dorilari iste’moli ham kuchaymoqda. Ular ta’sirida esa yoshlar tomonidan og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilda Shayxontohur tumanida 12 nafar yosh orasida janjal chiqib, ulardan biri halok bo‘lgan.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva giyohvandlikka qaram bo‘lganlarni hisoblash bo‘yicha xalqaro standartlarga asoslanib, yuqoridagi statistika aslida 10 baravar yuqoriroq, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina Ichki ishlar vazirligi bu muammo bilan kurasha olmaydi, bunga jamoatchilik, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini ham jalb qilish kerak.

Yalpi majlisda senatorlar “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют