» » BMT: “Koronavirus tufayli dunyoda yana 176 mln kishi qashshoqlashishi mumkin”

BMT: “Koronavirus tufayli dunyoda yana 176 mln kishi qashshoqlashishi mumkin”


Koronavirus pandemiyasining dunyoda qashshoqlik darajasining o‘sishiga ta’siri kuchayishda davom etmoqda, eng yomoni hali oldinda. Bu haqda 11-sentabr kuni BMT ma’ruzasiga tayanib The Guardian xabar berdi.

BMTning qashshoqlik va inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Olivye de Shutterning aytishicha, agar bir kunlik yashash uchun zarur miqdor o‘rtacha 3,2 dollar deb olinadigan bo‘lsa, dunyoda 176 million kishi qashshoqlar qatoriga qo‘shilishi mumkin.

U pandemiyaning iqtisodiy oqibatlari tinchlik davrida misli ko‘rilmaganligini ta’kidlab, vaziyatni 30-yillardagi Buyuk depressiya bilan taqqosladi.

Uning aytishicha, turli mamlakatlarda davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida kamchiliklar bor va u qisqa muddatli xarakterga ega, ajratilgan mablag‘lar esa yetarli emas. Oqibatda ko‘plab fuqarolar rasmiylar e’tiboridan chetda qolib ketmoqda. Shuningdek, ko‘pchilik odamlar kompyuter savodsizligi yoki internetga kirish imkoniyati yo‘qligi sababli hukumatning yordam dasturlaridan foydalana olmayotganini qo‘shimcha qilgan.

Olivye de Shutter, shuningdek, sentabr oyida BMT Bosh assambleyasida yig‘iladigan dunyo rahbarlariga qashshoqlikni yo‘q qilish va dunyodagi tengsizlikni kamaytirish uchun yanada qat’iy qadamlar ko‘rishga chaqirdi.

Aprel oyining boshlarida BMT koronavirus tufayli arab davlatlarida 8,3 million kishi qashshoqlikka duch kelishini, oziq-ovqat bilan yetarli ta’minlanmaganlar soni 2 millionga ko‘payishini ma’lum qilgandi. Keyinroq ochlik dunyoning 30 mamlakatida tarqalishi bildirilgan.

Avgust oyida Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli pandemiya sabab ocharchilik kuchaygani, Lotin Amerikasida ocharchilikdan aziyat chekadigan insonlar soni 269 foizga, Sharqiy va Markaziy Osiyoda 135 foizga, Janubiy Afrikada esa 90 foizga oshishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Pandemiya ayollar orasida qashshoqlikni kuchaytirishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют