» » Andijonlik fuqaroni 645 ming dollarga chuv tushirgan xitoylik qo‘lga olindi

Andijonlik fuqaroni 645 ming dollarga chuv tushirgan xitoylik qo‘lga olindi


Andijon viloyatida yashovchi shaxsga g‘isht zavodini sotishini aytib, uning katta miqdordagi pulini o‘zlashtirgan Xitoy fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2018-yilning may oyidan 2019-yilning 7-mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Xitoy fuqarosi 49 yoshli L.J. Andijon viloyatida yashovchi 43 yoshli J.A.ning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan MChJ ga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini 1 million AQSh dollariga sotishini aytgan.

Xitoy fuqarosi J.A.ning 645 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib, MChJ ga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini J.A.ning nomiga rasmiylashtirmaganligi yoki qo‘lga kiritilgan pullarni qaytarib bermay, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют