» » Samarqandda fuqaroga kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 5 ta uyni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroga kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 5 ta uyni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Samarqand viloyatida tanishiga kam ta’minlangan oilalar uchun atalgan 5 ta uyni olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, Jomboy tumanida yashovchi fuqaro 29 yoshli S.M. Samarqand shahar hokimligi tomonidan kam ta’minlangan oilalarga “Obod maskan” mahallasi Qorasuv maskanida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan berayotganligini aytib, o‘zining tanishi 45 yoshli Sh.M.ga ham ushbu joydan 5 dona uyni kredit shartlari asosida arzon narxda olib berishini va’da qilgan.

Firibgar tanishidan 2018-yilning dekabr oyidan 2020-yilning mart oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida bo‘lib-bo‘lib jami 16 400 AQSh dollarini olib, hozirgi kunga qadar uy olib bermasdan pullarni o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 29 yoshli S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют