» » Namanganda 10 mingta mashina “chexol”larini sotib berishini aytib, fuqaroni 200 ming dollarga chuv tushirgani aniqlandi

Namanganda 10 mingta mashina “chexol”larini sotib berishini aytib, fuqaroni 200 ming dollarga chuv tushirgani aniqlandi


Namanganda 10 ming dona mashina “chexol”ini sotib berishini aytib, fuqaroni 200 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning 22-mart kuni Namangan shahrida 25 yoshli I.M. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida 36 yoshli N.A.ning ishonchiga kirib, unga tegishli jami 10 ming dona transport vositasi ustiga osma g‘iloflarga xaridor topganligini, ularni sotib pulini 10-15 kunda berishini aytgan.

I.M. har bir osma g‘iloflarni 20 dollardan kelishib, jami 200 ming dollarga teng bo‘lgan osma “chexol”larni olib ketib, ularni sotib yuborib, va’dasini ustidan chiqmagan. Pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Rossiyaga pomidor eksport qilamiz, deb tadbirkorning 5000 dollarini “uxlatgan” shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Andijonda birgalikda biznes yuritish maqsadida uch kishidan jami 35 200 dollar olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan shaxs qo‘lga olingani, Buxoroda fuqarolarning salkam 500 mln so‘mlik qoramollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, sotib yuborgan shaxs ushlangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют