» » Namanganda Epica tez tibbiy yordam mashinasi bilan to‘qnashdi. Hamshira jarohatlangan

Namanganda Epica tez tibbiy yordam mashinasi bilan to‘qnashdi. Hamshira jarohatlangan


Namanganda Epica tez tibbiy yordam mashinasini bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Hodisa joriy yil 1-sentabr kuni soat 07:30 atrofida Namangan—Uychi—Uchqo‘rg‘on yo‘lining 23-kilometrida, Keskanyor mahallasi hududida ro‘y berdi. Uychi tumanida yashovchi 24 yashar fuqaro Epica avtomobilini boshqarib borayotib harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, o‘zidan oldinda ketayotgan Uychi tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli Damas rusumli avtomashinaning orqa tomoniga borib urilgan.

Viloyat IIB axborot xizmatiga ko‘ra, YTH oqibatida Damas salonida bo‘lgan hamshiraning qovurg‘asi sinib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namanganda Cobalt va tez yordam mashinasi to‘qnashgan, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Namanganda transport harakati cheklangan kunda Cobalt va tez yordam mashinasi to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют