» » Koronavirusga qarshi “Vektor” vaksinasi bilan emlanganlarda ikkilamchi ta’sirlar kuzatilmadi

Koronavirusga qarshi “Vektor” vaksinasi bilan emlanganlarda ikkilamchi ta’sirlar kuzatilmadi


Rossiyaning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etgan ko‘ngillilarda ikkilamchi ta’sirlar aniqlanmadi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“‘EpiVakKorona’ vaksinasining klinik sinovlari doirasida emlangan bir nechta ko‘ngillining inyeksiya joyidagi yengil va qisqa muddatli (bir-ikki kunlik) og‘riqni hisobga olmaganda, nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan”, — deyiladi xabarda.

“Rospotrebnadzor”ning ma’lum qilishicha, vaksinada tirik virus yo‘q bo‘lib, u sintezlangan sun’iy peptidlar hisobiga immunitetni shakllantiradi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur dori vositasi yuqori darajali xavfsiz hisoblanadi.

“EpiVakKorona”ning ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqoti 27-iyul kuni boshlangan, 8-sentabr kuni statsionardan sinov ishtirokchilarining so‘nggi guruhiga javob berilgan. Barcha ishtirokchilarda immunitet shakllangan. Vaksina klinik sinovlargacha bo‘lgan bosqichda ham o‘z samaradorligini namoyon etgan.

Avvalroq Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolangani, Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratilayotgani, “Rospotrebnadzor”ning “Vektor” davlat ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi ikkinchi vaksinaning klinik sinovlari ikkinchi bosqichi yakuniga yetkazilishi bilan guvohnomaga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyada COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakunlandi. Ommaviy emlash oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldi Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovlari bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab to‘xtatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют