» » Vasiliy Lomachenkodan Aleksandr Povektingacha. 2020-yilda o‘tkazilishi kutilayotgan 10 ta shov-shuvli jang haqida

Vasiliy Lomachenkodan Aleksandr Povektingacha. 2020-yilda o‘tkazilishi kutilayotgan 10 ta shov-shuvli jang haqida


Amerikaning ESPN sport portali professional boks muxlislariga 2020-yilda o‘tkazilishi kutilayotgan eng qiziqarli janglar o‘nligini taqdim etdi.

Undan Vasiliy Lomachenko — Teofimo Lopes, Aleksandr Povetkin — Dillian Uayt janglari singari shov-shuvli to‘qnashuvlar o‘rin oldi.

1. Vasiliy Lomachenko Teofimo Lopesga qarshi

WBA, WBO va IBF kamarlari uchun yengil vazn toifasidagi jang, 17-oktabr, AQSh

Bir xil miqdordagi professional janglarga qaramay (har biri 15 tadan), Lomachenko havaskor boksda talaygina janglar o‘tkazgan (396-1) va ikki karra Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan. Buning ustiga u endigina ilk kamarini qo‘lga kiritgan 23 yoshli Lopesdan to‘qqiz yoshga katta. Biroq hozirda aynan bir tomonning favoritligi haqida taxmin qilish murakkab. Yosh va g‘ayratli Lopes ham nimalarga qodir ekanligini allaqachon isbotlab bo‘lgan.

2. Jermall Charlo Sergey Derevyanchenkoga qarshi

O‘rta vazn toifasida WBC chempionligi uchun jang, 26-sentabr, AQSh

O‘tgan yilgi Derevyanchenkoning Gennadiy Golovkinga qarshi jangida ikkala bokschi ham bir-biriga jiddiy zarar yetkazgandi va katta ehtimol ularning ikkalasi ham avvalgidek bo‘lmasligi mumkin. Derevyanchenko Golovkinning og‘ir zarbalariga dosh bergandi, biroq muxlislar uning Charlo tomonidan beriladigan tezkor zarbalarga dosh bera oladimi degan savolga javob kutmoqda. Agar Derevyanchenkoning zarbalarga bo‘lgan bardoshi hamon o‘zgarmagan bo‘lsa, charm qo‘lqop ixlosmandlarini yana bir unutilmas jang kutib turibdi.

3. Jermell Charlo Jeyson Rosarioga qarshi

Birinchi o‘rta vazn toifasida WBA, WBA va IBF kamarlari uchun jang, 26-sentabr, AQSh

Charlo o‘tgan yilning dekabr oyida Toni Harrisonni o‘n birinchi raundda nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi, ammo Harrisonning uslubiga zid bo‘lishiga qaramay, u yaqin masofada juda muvaffaqiyatli jang o‘tkazgani kutilmagan holat edi. Julian Uilyamsga qarshi jangda Rosario o‘zini jismonan kuchli, yaqin masofadan qulay bokschi sifatida namoyish etdi. Ammo o‘shanda uning shunchaki omadi kelib qolmaganini isbotlash uchun Charloga qarshi jangda ajoyib imkoniyatga ega.

4. Rayan Garsiya Lyuk Kempbellga qarshi

Yengil vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari uchun jang, jang sanasi hali aniq emas

Hammasi oddiy — Garsiya tayyormi? Mazkur jang uning Fransisko Fonseka va Romero Dunoga (ikkalasini ham birinchi raundda nokautga uchratgan) qarshi hayratlanarli bellashuvlaridan farq qiladi, boisi Kempbell Garsiyaning mashhurligiga mahliyo bo‘lib turadigan chakana raqib emas. Agar Kempbell o‘zining o‘ng “jeb” zarbalarini masofadan turib ishga solsa va Garsiyaning xavfli chap “xuk”laridan saqlansa. Rayan qanday yo‘l tutarkan?

5. Errol Spens Denni Garsiyaga qarshi

Yarim o‘rta vazn toifasida WBC va IBF kamarlari uchun jang, 21-noyabr, AQSh

Avtohalokatdan so‘ng ko‘pchilikka Spensning hozirgi ahvoli qandayligi qiziq. Uning murabbiyi shogirdining mashg‘ulotlarda ajoyib harakat qilayotgani haqida haqida gapirmoqda (murabbiydan yana qanday gapni kutish mumkin). Ammo uni Garsiyaning o‘ta og‘ir zarbalari (ayniqsa chap tomondan beriladigan) kutib turibdi. Aksariyat mutaxassislar avtohalokatdan so‘ng unda hech qanday asoratlar qolmaganiga shubha qilmoqda. Buni o‘zi ringga chiqib isbotlamas ekan, bu kabi taxminlar davom etaveradi.

6. Daniel Dyubua Jou Joysga qarshi

Ikki istiqbolli bokschi o‘rtasidagi super og‘ir vazn toifasidagi jang, 24-oktabr, Buyuk Britaniya

Albatta, bu yerda Dyubuaning imkoniyatlari yuqoriroq ko‘rinmoqda. Joys timsolida u hozirgacha bo‘lgan faoliyatidagi eng munosib bo‘lgan birinchi raqibini ko‘rmoqda. Dyubua epchilroq bokschi bo‘lib, jang boshida Joysdan ustun tura oladi. Ammo agar Joys bunga dosh berib, Dyubuani oxirgi raundlarda yanchib tashlasa nima bo‘ladi? Dyubua faqat uchta jangda beshinchi raundgacha yetib borgan va faqat bitta jangi 10 raund davom etgan.

7. Jervonta Devis Leo Santa Krusga qarshi

Birinchi yengil va yengil vazn toifasida sovrin uchun jang, 24-oktabr, AQSh

Devis g‘alaba qozona oladimi? Bu muhim jihat. WBA ushbu jangni birdaniga ikkita vazn toifasida titul jangi sifatida sanksiya qildi. Agar Devis birinchi yengil vaznda mag‘lub bo‘lsa, bu uni sug‘urtalashi mumkin. Bu juda muhim jihat bo‘lib, boisi Santa Krus birinchi yengil vaznda bitta jang o‘tkazgan va unda unchalik yaxshi ijobiy taassurot qoldirmagan.

8. Naoya Inoue Jeyson Molouniga qarshi

O‘ta yengil vaznda WBA va IBF kamarlari uchun jang, 31-oktabr, AQSh

Inouega tanaffus ta’sir qilarmikan? U o‘tgan yilning noyabridan beri boks tushmayapti. Molouni esa oxirgi marta iyun oyida jang qilgandi va muddatdan oldin g‘alaba qozongandi. Molouni agar chempion yomon (Inoue) kun o‘tkazadigan bo‘lsa, unga jiddiy muammolar tug‘dirish uchun yetarlicha kuchli bokschi.

9. Aleksandr Povetkin Dillian Uaytga qarshi

Super og‘ir vazn toifasida WBC vaqtinchalik kamari uchun jang, jang sanasi noma’lum

Uaytning Povetkindan alamini olish uchun ringga qaytishni sabrsizlik bilan kutayotgani tabiiy, ammo buni birinchi jangdagi vaziyatni inobatga olgan holda shu qadar tez bajarish maqsadga muvofiqmi? U nafaqat shunchaki yutqazdi, balki anchagina og‘ir nokautga uchradi. Bunday vaziyatda har qanday kuchli bokschi ham darhol ikkinchi jangni o‘tkazishga qaror qilmagan bo‘lardi. Biroq WBC reytingidagi birinchi o‘rinni tezda qaytarib olish istagi bu qarorga izoh bo‘lishi mumkin.

10. Migel Berchelt Oskar Valdesga qarshi

Birinchi yengil vazn toifasida WBC kamari jang, jang sanasi noma’lum

Valdes Menni Roblesni mag‘lubiyatga uchratganiga qaramay, Eddi Reynoso murabbiy sifatida Valdesga munosibmi yoki yo‘q degan savolga javob bo‘ladi. Valdes va Reynoso birgalikda to‘rtta jang o‘tkazgan va bunda ularning ishi borasida fikrlar turlicha. Aynan ushbu jang Valdes —Reynoso tandemiga haqiqiy imtihon bo‘ladi. Ularning bir yillik ishi natijasi ushbu jang orqali baholanadi.

Yuqoridagi barcha bokschilar ijrosidagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют