» » Motorola egiluvchan ekranga ega ikkinchi smartfonini taqdim etdi

Motorola egiluvchan ekranga ega ikkinchi smartfonini taqdim etdi


Motorola kompaniyasi egiluvchan ekranga ega o‘zining ikkinchi smartfoni — Razr 5G’ni taqdim etdi, deb yozadi GSMArena. Nomidan bilish mumkinki, smartfon beshincha avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yig‘ilgan holatdagi Motorola Razr pOLED-ekranining diagonali 6,2 dyuymga, piksellar soni esa 2142x876ga teng. Tashqi gOLED-displey diagonali esa 2,7 dyuymni (800x600 piksel) tashkil etgani sabab uning yordamida nafaqat oddiy ma’lumotlarni yozish, balki to‘laqonli ilovalarni ishga tushirish ham mumkin.

Qurilma ishlashiga Snapdragon 765G protsessori va 8 gigabayt tezkor xotira javob beradi. Ichki xotirasi esa 256 gigabaytni tashkil etadi. Birinchi avlod bilan taqqoslaganda yana bir muhim o‘zgarish — akkumulyator sig‘imining ortgani: 15 vattli tezkor quvvatlanishga ega 2800 mA/soat. Suratlarni ikkita kamera yordamida olish mumkin: 48 megapikselli asosiy kamera va 20 megapikselli frontal.

Motorola Razr 5G AQSh va Yevropada kuzda sotuvga chiqadi. Rasmiy narxi — 1399 dollar.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Motorola Galaxy S20 Ultra kabi texnik tavsifga ega, biroq undan 400 dollarga arzonroq Edge flagmanini taqdim etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют