» » Key-Liga. “Kvanju” 6 ta gol urilgan o‘yinda yetakchidan ochko tortib oldi, Rustam Ashurmatovdan golli uzatma

Key-Liga. “Kvanju” 6 ta gol urilgan o‘yinda yetakchidan ochko tortib oldi, Rustam Ashurmatovdan golli uzatma


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan 12-sentabr, shanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

Rustam Ashurmatov harakat qiladigan “Kvanju” jamoasi o‘z uyida “Chonbuk Motors”ni qabul qildi. Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Om San Von Ashurmatovning uzatmasidan keyin mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar ikkita to‘p bilan javob qaytardi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Hon Chun Ho muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar yana bir martadan darvozalarni ishg‘ol qildi va o‘yinda jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi to‘liq harakat qildi.

“Kvanju” 22 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda, “Chonbuk” (42) 2-pog‘onadan joy olgan.

Yana bir o‘zbekistonlik legioner Jamshid Iskandarov harakat qiladigan “Sonnam” jamoasi “Sangju Sangmu” maydonida mehmon bo‘ldi. Iskandarov zaxirada qolgan bahsda nursiz durang qayd etildi.

Key-Liga

20-tur bahslari

12-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 4 Om Von San, 1:1 – 11 Han Ge Von, 1:2 – 25, avtogol Yo Rim, 2:2 – 45 Hon Chun Ho, 3:2 – 58 Om Von San, 3:3 – 64 Gustavo.

Gollar: 1:0 – 46, avtogol Kim Je U, 1:1 – 63, penalti Sezinya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют