» » IIV rasmiysi: O‘g‘rilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyatiga jabrlanuvchilarning o‘zi sababchi bo‘lib qolmoqda

IIV rasmiysi: O‘g‘rilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyatiga jabrlanuvchilarning o‘zi sababchi bo‘lib qolmoqda


IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Berdialiyev “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamovaga bergan intervyusida so‘ngi paytlarda sodir etilayotgan jinoyatlarda jabrlanuvchilarning o‘zlari sababchi bo‘lib qolayotganligi haqida gapirdi.

“Biz jinoyat sodir etilgan mahallalarni o‘rganib chiqqanimizda, aksariyat o‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatlari sodir bo‘lishiga aslida odamlarimizning o‘zlari sababchi bo‘lib qolayotganlarini aniqladik.

Masalan, ko‘p fuqarolarimiz chorva mollarini qarovsiz qoldiradi. Kerak bo‘lsa bir oyda ham xabar olmaydiganlari bor. Yoki savdo nuqtalarining pultga ulanmasligi, videokuzatuvlar o‘rnatilmaganligi, qorong‘i ko‘chalarga vaqtida chiroqlar o‘rnatilmasligi, uyni bemalol ochiq qo‘yib tashlab ketish ham o‘g‘riliklarga sabab bo‘ladi.

Hammada oyiga 20–25 ming so‘m turadigan pultga ulash imkoniyati bor. Signalizatsiya ishlaydi yoki video kuzatuv qo‘yish mumkin. Lekin bularni qilmaymiz, narsalarimizga e’tiborsizlik qilamiz, o‘g‘rilik bo‘lsa tezda IIBga yuguramiz”, — dedi vazirlik vakili.

Baxtiyor Berdialiyev Farg‘ona va Namangan viloyatlari aholisi xorijga meva eksport qilayotganda og‘zaki kelishuvlar tufayli ko‘pincha aldanib qolayotganini misol qilib keltirdi.

“Dehqon va xaridor o‘rtasida broker bo‘ladi. U dehqondan qarzga mahsulotlarni oladi, lekin puliga kelganda bermaydi. Yana o‘rtada arizabozlik boshlanadi. Bu borada ko‘p targ‘ibotlar qilyapmiz. Imkon boricha mahsulotlaringizni faqat naqd pulga bering yoki oldindan 10-15 foizini olib shartnoma qilinglar deymiz. Lekin xalqimiz judayam ishonuvchan, odamlarimiz sodda.

Bilasizmi, yillar davomida fuqarolik sudida yurganlar bor. Hammasi oldi-sotdi, uy-joy, qarz berish, mashina sotish, tadbirkorlik masalalari...

Tadbirkor chetdan uskunalar olib kelib beradi deb birovga quruq kelishuv bilan pullarini beradi. Ikkinchi odam esa tabiiyki, aldab ketadi. Keyin ortidan yillab pulini ololmay yugurib yuradi. Biz ham ularning orasiga tushamiz, ammo orada na shartnoma, na biror hujjat bor. Isbotlash uchun esa yillar kerak bo‘ladi”, — dedi polkovnik Berdialiyev.

IIV HPBB boshlig‘i odamlarni ogoh bo‘lishga va oldi-sotdi kelishuvlarini imkon qadar naqd pulda amalga oshirishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют