» » Toshkentda mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan 4 ta maktab foydalanishga topshirildi

Toshkentda mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan 4 ta maktab foydalanishga topshirildi


Toshkentning Olmazor, Uchtepa, Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida 11-sentabr kuni Investitsiya dasturi asosida mukammal ta’mirlangan 4 ta umumta’lim maktablarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ular quyidagilar:

Tadbirda Sherzod Shermatov, Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi, mahalliy hokimlik vakillari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, zamon talablari asosida mukammal ta’mirdan chiqqan mazkur maktablarda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Mazkur maktablar yangicha qiyofaga keltirilib, fasad qismidan tortib, ichki, kommunal va issiqlik tizimlarigacha batamom zamonaviy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Xususan, ushbu maktablarda axborot texnologiyalari xonasi, to‘garak xonalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv xonalari, o‘g‘il va qiz bolalar uchun texnologiya xonalari, musiqa xonasi, kutubxonalar qaytadan ta’mirlangan.

Bundan tashqari, o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida elektron kutubxona, tibbiyot xonasi, faollar zali, shinam oshxona, sport zallari ham yangi jihozlar bilan ta’minlangan. Maktablarda fan xonalaridan tashqari o‘quvchilarning turli hunarlarni o‘rganib chiqishlari uchun to‘garaklarga mos xonalari ham tashkil etilgan.

Xabarda aytilishicha, shu hafta davomida poytaxtdagi 16 ta mukammal ta’mirlangan umumta’lim maktablari foydalanishga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab 14-sentabrdan onlayn darslar boshlanadi. An’anaviy ta’lim vaziyatga qarab tiklanadi.

Mavzuga doir: SSV farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar bilan chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют