» » Toshkentda kulrang Mercedes-Benz rangini qoraga o‘zgartirib, noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda kulrang Mercedes-Benz rangini qoraga o‘zgartirib, noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Toshkentda qiymati 300 million so‘mlik kulrang Mercedes-Benz rangini o‘zboshimchalik bilan qoraga o‘zgartirib noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari “Bojxona chegarasida olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nnizom talablari ijrosi yuzasidan Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbir davomida fuqaro U.B. qo‘shni davlat fuqarosi U.J. tomonidan majburiyatnoma asosida qaytarib olib chiqib ketish sharti bilan olib kirilgan, qiymati 300 million so‘mlik kulrang Mercedes-Benz E 350 rusumli avtoulovni o‘zboshimchalik bilan rangini qora rangga o‘zgartirib, noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatalari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют