» » Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassasalarida oquv yili boshlanmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassasalarida oquv yili boshlanmoqda


Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarorlariga muvofiq olimpiya zaxiralari kollejlari, olimpiya va milliy sport turlari boyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda futbol mahorat maktablarida karantin talablaridan kelib chiqib, 2020/2021-oquv yilida koronavirus pandemiyasi sharoitida oquvchilar va xodimlar uchun qulay va xavfsiz bolgan talim jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, oquvchilar hamda xodimlar salomatligini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport talim muassasalarida 2020/2021-oquv yili joriy yilning 1-oktabridan boshlab amalga oshiriladi.

Sport talimi muassasalari ish faoliyatini yolga qoyishga muassasa rahbari tomonidan oquvchilarni xavfsiz saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni taminlash togrisida imzolangan kafolat xati va Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining tegishli qarori mavjud bolgan taqdirdagina ruxsat berilishi belgilandi.

Sport talim muassasalari oz faoliyatlarini Ozbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy orta talim maktablari va orta maxsus maktab-internatlarining faoliyatini tashkillashtirish boyicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar (0375-20 SanQvaM) hamda Ozbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi talim muassasalarida oquv jarayonini tashkil etish boyicha vaqtinchalik talablar asosida amalga oshiradi.

Sport talim muassasalarida talim jarayonlari oquvchilarning ota-onalari (ularning ornini bosuvchi shaxslar)ning xohish-istaklaridan kelib chiqib, ananaviy yoki onlayn (masofaviy) shaklda tashkil etiladi.

Sport talim muassasalarida oqishni ananaviy shaklda davom ettirish istagini bildirgan oquvchilarning ota-onalari (yoki ularning ornini bosuvchi shaxslar)dan yozma rozilik talab etiladi, shuningdek, oquvchilarga, sogligi togrisida malumotnomani taqdim etishi hamda ularning ota-onalaridan yozma rozilik olingandan song, oqishga kelishlariga ruxsat beriladi.

Joriy yilning 20-sentabridan boshlab boshqa sport bazalarda (oromgoh, sanatoriya) tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va meyorlariga qatiy amal qilgan holda tegishli tashkilotlarning ruxsati bilan oquv-mashq yiginlarini tashkil etishga ruxsat etiladi.

Sport talim muassasalari trener-oqituvchilari tomonidan ozlariga biriktirilgan oquvchilarga sport mashgulotlari jadvalidan kelib chiqib, sport turlari boyicha amaliy mashgulot vazifalarini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan videoroliklar korinishida onlayn (masofaviy) shaklda berib borish va berilgan vazifalar hamda normativlarni oquvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilib borish yolga qoyilmoqda.

Ishchi guruh sport talim muassasalarining 2020/2021-oquv yili jarayoni va oquv-mashq yiginlarini tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va meyorlariga qatiy amal qilgan holda tashkil etilishini joyiga chiqqan holda organadi va doimiy ravishda nazorat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-09-2020, 09:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -