» » Yangiyo‘lda fuqaroga 13 500 dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan kadastr xizmati xodimi ushlandi

Yangiyo‘lda fuqaroga 13 500 dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan kadastr xizmati xodimi ushlandi


Toshkent viloyatida fuqaroga Yangiyo‘l tumani kadastr xizmati xodimi 27 sotix yerni 13 500 AQSh dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIBB.

Qayd etilishicha, 2020-yil 8-sentabr kuni fuqaro M.A. viloyat IIBB ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida uy-joy qilish uchun fuqarolarga ajratilayotgan yerlar bo‘lsa, qonuniy sotib olish, uy-joy qilish maqsadida Toshkent viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri Yangiyo‘l tumani filialiga murojaat qilganini, filialda turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi I.N. hozirgi kunda shudgor qilinib tayyorlangan yerlarning 500 AQSh dollaridan (1 sotixni), 27 sotix tayyorlangan yerni jami 13 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida, Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangiyo‘l tumani filialida turar joy mutaxassisi lavozimida ishlovchi, 29 yoshli I.N. fuqarodan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi (xizmat mavqeyidan foydalanib o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют