» » Moskva politsiyasi o‘rmonga qaytishni istamagan bug‘uni tutish uchun maxsus operatsiya o‘tkazdi (video)

Moskva politsiyasi o‘rmonga qaytishni istamagan bug‘uni tutish uchun maxsus operatsiya o‘tkazdi (video)


Rossiyaning Moskva shahri politsiyasi poytaxt ko‘chalarida sayr qilib yurgan bug‘uni tutish uchun maxsus operatsiya tashkillashtirdi. Huquq-tartibot idoralari hayvonni o‘rmonga qaytarish kerakligini tavsiya qildi, ammo bug‘u shaharni tark etishni xohlamadi, deb yozadi Esquire.

Bug‘uni ertalab 1-Vladimir ko‘chasida, olma daraxtining yonida turgan paytda payqab qolishgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bunday bug‘ular ko‘pincha Perovo yoki Veshnyaki viloyatida uchraydi.

Politsiya xodimlari jonivorni yo‘l harakati qoidalarini buzganda va o‘tish mumkin bo‘lmagan joydan kesib o‘tishi davomida bir qancha vaqt ta’qib qildi.

Ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, bug‘u o‘rmonga qaytishga shoshmagan, aksincha ko‘cha bo‘ylab sayohat qilgan, avtomobillarni hidlab ko‘rgan va 672-maktabga ham mo‘ralab chiqqan.

Ammo oxir-oqibat politsiya uni tabiiy yashash joyiga kuzatib qo‘ydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют