» » Samarqandda haydovchi uxlab qolishi oqibatida Lacetti “PAZ-742” bilan to‘qnashdi. YTHda ikki kishi halok bo‘lgan

Samarqandda haydovchi uxlab qolishi oqibatida Lacetti “PAZ-742” bilan to‘qnashdi. YTHda ikki kishi halok bo‘lgan


Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida Lacetti hamda “PAZ-742” transport vositasining to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 2020-yilning 13-sentabr kuni soat 02:30 larda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, “Amir Temur” MFY hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lining 37-kilometrida 1989-yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Lacetti Buxoro—Samarqand yo‘nalishida haydovchining uxlab qolishi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan “PAZ-742” bilan YTH sodir etgan.

Lacetti 1966-yilda tug‘ilgan O‘.Sh. boshqaruvidagi “PAZ-742” transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan. Oqibatda Lacetti ichidagi yo‘lovchilar — 49 yoshli A.A. va 55 yoshli B.J. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, ushbu avtomobil haydovchisi 31 yoshli B.A. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

“Mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Lacetti haydovchisi B.A. bir yil mobaynida bir marta qoidabuzarlik sodir etgan”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:O‘zbekistonda sakkiz oyda oqibati o‘lim bilan tugagan salkam 1000 ta YTH yuz berdi

2020-yil 6-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “KamAz” hamda Spark ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, Spark haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgani va mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib “KamAz”ga urilgani, oqibatda yengil mashina haydovchisi 29 yoshli S.F. va yo‘lovchi 1991-yilda tug‘ilgan A.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 07:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют