» » O‘zbekistonga xorijdan yuboriladigan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan 209 mln dollarga kamaydi

O‘zbekistonga xorijdan yuboriladigan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilga nisbatan 209 mln dollarga kamaydi


O‘zbekiston Markaziy bankining asosiy stavkani 15 foizdan 14 foizga tushirish haqidagi qarori yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘tgan 8 oy davomida mamlakatga amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 8 oyi davomida O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3,7 milliard dollarni tashkil etgan. Bu 2019-yilning mos davriga nisbatan 209 million dollarga yoki 5,4 foizga kam.

Pul o‘tkazmalari, ayniqsa, mart—aprel oylarida sezilarli kamaygan, may oyida aprelga nisbatan ikki barobarga oshgan.

Shu bilan birga, pul o‘tkazmalari iyun va avgust oylarida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan oshgani qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda naqd pul tushumlarining hajmi koronavirus epidemiyasidan avvalgi darajasini tiklayotgani, avgust o‘rtalarida O‘zbekistonga xorijdan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmi kamaygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston hukumati inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni ikki bosqichda tiklash dasturini tasdiqladi

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvining 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan edi. 10-sentabr kuni esa asosiy stavka yana 1 foizga pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют