» » Surxondaryoda 50 gektarga yaqin joyda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Surxondaryoda 50 gektarga yaqin joyda yong‘in sodir bo‘ldi (video)


Surxondaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaliklarining birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. FVV matbuot xizmati mazkur yong‘in tasvirlangan videorolik bilan bo‘lishdi.

Yong‘in 12-sentabr kuni Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan “Gurimbuloq” tog‘ maskanida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in quruq o‘t-o‘lan bilan qoplangan 50 gektarga yaqin joyni egallab olgan.

“Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo viloyatining bir necha maxsus texnikasi hamda o‘nlab shaxsiy tarkibi safarbar qilindi. Shuningdek, yong‘inni bartaraf qilishda FVDTga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan ko‘maklashdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Sherobod tumanining shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan “Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan, keyinchalik Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti yong‘inni o‘chirishga 2 ta vertolyot jalb etilganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют