» » “Burchmullo” o‘rmonidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi

“Burchmullo” o‘rmonidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, Chorbog‘—Sijjak yo‘lida joylashgan “Burchmullo” o‘rmon xo‘jaligiga qarashli ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in haqida 21-oktabr kuni soat 13:40 da xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari, 3 ta suv tashuvchi maxsus texnikasi va o‘rmon xo‘jaligining 100 nafarga yaqin ishchi-xizmatchilari jalb etilgan.

Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 20 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 10 kilometr). Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:37 da o‘rab olingan va 15:10 da bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 20 gektar ochiq maydonda quruq o‘t, shox-shabba va daraxtlar yongan.

Yong‘in ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan deb taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют