» » Gruziyada xakerlik qilib, 3000 dollarga yaqin pulni o‘zlashtirgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Gruziyada xakerlik qilib, 3000 dollarga yaqin pulni o‘zlashtirgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi


Tbilisi politsiyasi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosini birovning kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirish va pul mablag‘larini o‘g‘irlash aybi bilan hibsga oldi, deb xabar bermoqda Gruziya Ichki ishlar vazirligi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 28-iyun kuni ayblanuvchi Adjarabet onlayn-kazinosidagi va lotereyasidagi fuqarolardan birining hisob raqamiga ruxsatsiz kirish huquqini qo‘lga kiritgan va jabrlanuvchining hisob raqamidan noqonuniy ravishda 9 190 lari (2 960 AQSh dollari) miqdoridagi pulni plastik kartasiga o‘tkazgan. Shundan so‘ng u pulni naqd qilib o‘zlashtirgan.

Aybi tasdiqlangan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Avvlroq O‘zbekiston fuqarosi xakerlik qilgani uchun AQSh sanksiyasi ostiga tushgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют