» » “Nyukasl” klubi APLni sudga beradi

“Nyukasl” klubi APLni sudga beradi


“Nyukasl” rahbariyati klubning Saudiya Arabistoniga tegishli PCP Capital Partners va Reuben Brothers kompaniyalariga sotib yuborilishiga qarshilik qilgan Angliya Premyer Ligasini (APL) sudga bermoqchi.

The Guardian nashrining xabar qilishicha, “Nyukasl” xo‘jayini Mayk Eshli sudlashish uchun advokatlar yollagan. Klub APL ijrochi direktori Richard Mastersning harakatlaridan norozi bo‘lmoqda. “Nyukasl”dagilarning fikricha, aynan Richardning pozitsiyasi kelishuvning bekor qilinganiga sabab bo‘lgan.

Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi va ingliz klubi o‘rtasidagi kelishuv 300 million funtga baholangandi, biroq u amalga oshmadi.

Avvalroq “Nyukasl” saudiyalik investorlar bilan kelishuvning bekor bo‘lishida APLni sababchi qilib ko‘rsatgandi. Biroq liga mazkur kelishuvni taqiqlamaganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: APL “Nyukasl”ning saudiyalik investorlarga sotilishini taqiqladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют