» » “Korean and Migrations” xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga tayinlangan sud hukmi e’lon qilindi

“Korean and Migrations” xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga tayinlangan sud hukmi e’lon qilindi


O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga jo‘natish bo‘yicha firibgarlikka yo‘l qo‘ygan “Korean and Migrations” xususiy bandlik agentligining mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni jarayoni 14-sentabr kuni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Qosimov tomonidan ko‘rib chiqildi va sudlanuvchilar — xususiy bandlik agentligi direktori Qahramon Otaqulov, agentlikning Namangan viloyat filiali direktori Odil Qobilov, agentlik ta’sischisi Xushvaqt Turdiyev, agentlikning o‘quv ishlari bo‘limi direktori Musurmon Aliqulov, agentlikning Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi Anvarjon Shamshiddinov, agentlikning Namangan viloyat filiali g‘aznachisi Orifjon Jo‘rayev, agentlik hisobchisi Mavluda Otajonova, agentlikning kadrlar bo‘limi inspektori Ra’no Nuraliyeva, agentlik hamkori Kang Nam Kyu va vositachi Jalol Xidirov hamda Furqat Kamalovga jazo tayinlandi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Qahramon Otaqulov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Odil Qobilov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Xushvaqt Turdiyev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Musurmon Aliqulov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlari, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 3-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, “Korean and Migrations” xususiy bandlik agentligi O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanishga litsenziya olib, jamiyatga murojaat qilgan fuqarolarni 3 oy ichida Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, ular bilan soxta shartnoma tuzib, to‘lov kvitansiyalarini soxtalashtirgan, jami 2 385 nafar jabrlanuvchining 24,8 milliard so‘m pullarini ATB “Turonbank” Chilonzor filialidagi hisob raqamiga to‘lov qildirib hamda o‘zlariga naqd ko‘rinishda qabul qilib, fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan holda shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

2019-yilning oktabr oyida “Korean and Migrations” xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziya to‘xtatilgan, mart oyida agentlik mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov yakunlangan, iyun oyida sud jarayoni boshlangandi.

Mavzuga doir: Senat xususiy bandlik agentliklari bo‘yicha qonunni ma’qulladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют