» » Olimi Toshkent viloyati bosh infeksionistining qolga olinishiga sabab bolgan fuqaro reanimatolog bolgan va u vafotidan song Jasorat medali bilan taqdirlangan

Olimi Toshkent viloyati bosh infeksionistining qolga olinishiga sabab bolgan fuqaro reanimatolog bolgan va u vafotidan song Jasorat medali bilan taqdirlangan


Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasidagi muammolar haqida ochiq gapirgan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yoldosheva 8-sentabr kuni hibsga olingan edi. Bosh prokuratura u ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishi, kasalxonadagi sharoitlar haqidagi shikoyatlari sabab emas, balki ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 tashxisi bilan ogir ahvolda davolanayotgan bemorni viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseriga otkazib, uning olimiga sabab bolgani uchun qolga olinganini malum qilgan edi.

Chirchiq shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimovning Qalampir.uzga bergan intervyusida malum qilishicha, vafot etgan shaxs asli shifokor, 12 yildan ortiq jonlantirish bolimida ishlagan reanimatolog Farrux Rustamovdir. Qayd etish joiz, u vafotidan song Prezident Shavkat Mirziyoyevning 27-avgustdagi farmoniga muvofiq Jasorat medali bilan mukofotlangan (Daryo manbasi ushbu malumotni tasdiqladi). Farmonda uning ish joyi va lavozimi sifatida Toshkent viloyati kop tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bolimi anesteziologi-reanimatologi korsatilgan.

Chirchiq shahar prokurori Baxtiyor Ibrohimovning takidlashicha, 1981-yilda tugilgan, uch nafar farzandning otasi bolgan Farrux Rustamov pandemiyagacha Chirchiq shahar markaziy shifoxonasida reanimatolog bolib ishlagan. U Sogliqni saqlash vazirligi buyrugiga asosan Zangiotadagi COVID-19ga qarshi kurash markaziga borib, kongilli sifatida ishlagan. 14 kun mobaynida shifokorlik qilib, koplab bemorlarning sogayishiga oz hissasini qoshgan va shu vaqtda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan (Daryo manbasining malum qilishicha, Rustamovda koronavirus 23-iyul kuni tasdiqlangan).

Ozidagi ozgarishlarni his qilgach, Farrux Rustamov Chirchiq shahrida joylashgan viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan. Shifoxonada unga COVID-19 tashxisi qoyilgach, u shifoxonaga yotqizilgan. Korsatilgan muolajalarga qaramay, opkasi ikki taraflama 70 foiz zararlangan; u suniy nafas berish moslamasiga ulanib, kislorod yetkazib berib turilgan.

Rustamov ozi reanimatolog bolgani uchun jonlantirish bolimida kerakli muolajalar korsatilmagani sabab, u oz huquqini talab qilib: Qon bosimim tushib ketyapti, u yoki bu dorini yuboring, hayotim xavf ostida, deb gapirganida Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yoldosheva: Bu mahmadona ekan, ruhiy kasal bolib qolibdi, deb, vaziyatga togri baho bermay, viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseri bosh shifokoriga qongiroq qilib: Biz sizga ogir ahvoldagi bir ruhiy kasalni yuboramiz, uni qabul qilib, davolashingiz kerak, mutaxassis yuboring, deb aytgan.

Viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseri bosh shifokori: Koronavirusga chalingan bemor bolsa, uni bizga yubora olmaysiz, chunki bu yerda butun viloyatdan kelgan 120 nafar bemor bor. Ularning hayotini xavf ostiga qoyish mumkin emas. COVID-19ga chalingan bemorni avval davolab, keyin bu yerga yuborish kerak, deb javob bergan. Shunga qaramay, Guljahon Yoldosheva tegishli xulosalarni olmay, SSVning Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yotqizish boyicha talablariga zid ravishda, bemorning somatik holati ogirligi, unda otkir nafas yetishmovchiligi mavjudligi, reanimatsion muolajalarga muhtojligiga qaramay, uning ogzida turgan kislorod yetkazib beruvchi moslamani olib tashlab, zambilga ortib, dispanserga majburan olib borib tashlagan.

Ruhiy asab kasalliklari dispanseri koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashmagan, sharoitlar yoq. Shunday bolsa-da, ular bemorni qabul qilib olgan. Unga kerakli muolajalar korsatilguniga qadar, yani kislorod yetkazib beruvchi moslama olib kelingunicha Farrux Rustamovning joni uzilgan.

Baxtiyor Ibrohimov, Chirchiq shahar prokurori

Malum qilinishicha, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida Farrux Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixiga bemor COVID-19 kasalligidan toliq tuzalganligi haqida soxta malumot kiritilgan va ahvoli ogirligiga qaramay, Guljahon Yoldoshevaning korsatmasi bilan viloyat Ruhiy kasalliklari dispanseriga yuborilgan.

Dastlabki surishtiruv davomida Ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori nima uchun koronavirusga chalingan bemorni qabul qilgani haqidagi savolga javob berarkan, u bir tomondan Gippokrat qasamini ichgani uchun ogir ahvoldagi bemorni qabul qilishdan bosh torta olmasligini, boshqa tomondan Farrux Rustamovning kasallik tarixida u COVID-19dan butkul tuzalgani haqida xulosa yozilgani tufayli uni qabul qilib olganini takidlagan.

Aslida esa bemorning COVID-19dan tuzalmaganini uni dispanserga olib borgan shifokor ham, uni qabul qilib olgan bosh shifokor ham hamma bilgan, deydi Baxtiyor Ibrohimov. Chirchiq shahar prokurorining alohida qayd etishicha, ushbu jarayonda ishtirok etgan barcha tibbiyot xodimlarining harakatlariga tergov davomida huquqiy baho beriladi.

Malumot uchun, 39 yoshli Farrux Rustamovning koronavirus infeksiyasi oqibatida 2-avgust kuni vafot etgani Bosh prokuratura axborotidan malum bolgan edi. Ushbu olim holati Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan hozirgacha tasdiqlanmagan(vazirlik bundan tashqari yana 10 dan ortiq olim holatlarining koronavirus asoratlari oqibatida yuz berganini tasdiqlagani yoq).

Avvalroq 26-iyun kuni Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori, 52 yoshli Alisher Uralov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgandi (SSV uning vafoti haqida 28-iyun kuni axborot bergan). Shifokorning vafotidan song uning qizi OAV orqali chiqish qilib, otasi olimi arafasida tayinli tibbiy yordam ololmagani, hatto ozi ishlagan, voqea yuz bergan vaqtda karantin zonasiga aylantirilgan Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi ham uning ogir ahvoldagi otasini qabul qilmaganini takidlagan edi. Ushbu chiqishdan song sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 1-iyul kuni kongil sorab shifokorning oilasiga borgan, shu kuniyoq uning oilasiga 250 million som miqdorida kompensatsiya puli tolab berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-09-2020, 20:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -