» » Toshkent viloyati bosh infeksionisti hibsga olindi. U shifoxonadagi muammolar haqida ochiq gapirgandi

Toshkent viloyati bosh infeksionisti hibsga olindi. U shifoxonadagi muammolar haqida ochiq gapirgandi


Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva 8-sentabr kuni hibsga olingan. Bu haqda BBC News O‘zbek xabar berdi.

Guljahon Yo‘ldoshevaning singlisi Shahlo Yo‘ldosheva bilan bog‘langan “Kun.uz”ning ma’lum qilishicha, u bu ma’lumotni tasdiqlagan, ammo ayni vaqtda Guljahon Yo‘ldoshevaga qanday ayblov qo‘yilganini bilmasligini, opasi koronavirusga chalinib davolanganini, hibsga olinishidan bir kun oldin shifoxonadan chiqqanini, sog‘ligi hali to‘liq tiklanmaganini, hibsga olinishi natijasida ikki va uch yoshli farzandlari onasidan ajratilganini aytib bergan.

Avvalroq Guljahon Yo‘ldosheva pandemiya sharoitida u boshchilik qilgan kasalxonaga kerakli tibbiy uskunalar ajratilmayotgani va rahbarligi ostida koronavirus bemorlarini o‘zi va oilasi hayotini xavf ostiga qo‘yib davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rag‘batlantirilmayotganini, og‘ir vaziyatda Toshkent viloyati tibbiyot boshqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini aytgandi.

Mavzuga doir: “Bizga uskunalar ajratishmayapti, va’da qilingan mukofot pullaridan darak yo‘q” — Toshkent viloyatining bosh infeksionisti murojaati

Jumladan, o‘zi boshchilik qilgan kasalxona birinchilardan bo‘lib koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilgani, iyul oyi o‘rtasidan shifoxona og‘ir ahvoldagi bemorlar bilan to‘lgani, o‘lim holatlari kuzatilgani, biroq shunga qaramay, viloyat tibbiyot boshqarmasi tomonidan ushbu kasalxonada koronavirus bemorlari davolanayotgani tan olinmagani haqida so‘zlagan.

Keyinroq, bu masalada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov munosabat bildirib, Chirchiqdagi shifoxona COVID-19’ni davolashga ixtisoslashmaganini, Guljahon Yo‘ldosheva asossiz ma’lumotlar tarqatayotganini aytgan. Biroq mazkur kasalxona COVID-19’ga chalinglanlarni davolagani va og‘ir pandemik vaziyatda kerakli tibbiy texnika bilan ta’minlanmagani borasida aytilgan iddaolarga yetarlicha izoh bermagandi.

“Kun.uz” Guljahon Yo‘ldoshevaning hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh olish maqsadida Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limiga murojaat qilganda bo‘lim boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ushbu masala yuzasidan qisqa fursatlarda axborot berilishini bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Guljahon Yo‘ldosheva 2018-yil sentabrdan buyon Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, Toshkent viloyati bosh infeksionisti lavozimida ishlab keladi. 6 nafar farzandning onasi, farzandlarining kichigi 2020-yilning 20-sentabrida ikki yoshga to‘ladi.

Mavzuga doir: Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining barcha tibbiyot xodimlari ishdan ketib qolgani rad etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют