» » 4 yoshli Ruhshona og‘ir kasallik bilan kurashmoqda. Uni qo‘llab-quvvatlaylik!

4 yoshli Ruhshona og‘ir kasallik bilan kurashmoqda. Uni qo‘llab-quvvatlaylik!


“Daryo” tahririyatiga Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi Guljahon To‘rayeva murojaat qildi. Uning 4,5 yoshli qizi Ruhshona oqqon kasaliga chalingan.

“2018-yilning sentabr oyida qizim Ruhshonaning ishtahasi sustlashib, o‘zini yomon his qila boshladi. Tuman shifoxonalariga tekshirtirdik, quvvati kam deb vitaminlar yozib berishdi. Qizimning ahvoli yaxshilanish o‘rniga yomonlashib borardi. Viloyatdagi barcha shifoxonalarga olib borib ko‘rsatdik. Shunday qilib ikki oy o‘tib ketdi. Oxiri Respublika Onkogematologiya shifoxonasiga olib keldik. Oqqon degan tashxis qo‘yildi. Kimyoviy muolajalar boshlandi. Qizim birinchi muolajani olishi bilan ahvoli yomonlashdi, yurolmay qoldi. Qonidagi trombotsitlar ham tushib ketdi, haftada bir marta tromba oldi. To‘xtovsiz qon va plazmalar quyildi, kechayu kunduz ukollar olardi. Qizim sekin-asta oyoqqa turdi. 65 kun bo‘limda yotib davolandik, shu kungacha bor kuchimizni sarflab, hamma narsamizni sotib davolatdik. Ollohga shukur, hozir ancha yaxshi, lekin qolgan kurslarini davom ettirish uchun bizga yaxshi insonlar ko‘magi zarur”, — deydi Guljahon To‘rayeva.

Oilada Ruhshonadan tashqari yana bir farzand voyaga yetmoqda. Qizchaning otasi kecha-yu kunduz ishlab ham dori va muolajalarga pul yetkaza olmayapti.

Azizlar, qiyin vaziyatda qolgan oilaga qo‘ldan kelguncha yordam beraylik!

Onasining telefon raqami: +99 893 378 99 49

Plastik karta raqami: 8600 0424  2436 4973 (Onasi Guljahon To‘rayeva nomiga ochilgan)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 119) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют