» » “Real” Lautaro Martines transferi borasida kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. “Inter” buni “Barselona”dan sir tutgan

“Real” Lautaro Martines transferi borasida kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. “Inter” buni “Barselona”dan sir tutgan


“Inter” hujumchisi Lautaro Martines “Real”ga o‘tib ketishini mumkin.

SportMediaset’ning xabar qilishicha, 23 yoshli argentinalik futbolchining vakillari Ispaniya nafaqat “Barselona” bilan, balki, “Real” bilan ham muzokaralar olib borgan.

Ta’kidlanishicha, agentlar madridliklar bilan juda tez kelishuvga erishgan. “Inter” Arturo Vidal transferi hal bo‘lmagunga qadar katalon klubini g‘azabga keltirmaslik uchun mazkur ma’lumotni “Barselona”dan sir tutgan.

“Inter” rahbariyati “Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kanteni sotib olish uchun argentinalik o‘yinchining transferiga rozilik bergan.

Lautaroning “Real”ga o‘tishidan milanliklar klubi 100 million yevro atrofida pul ishlab olishi taxmin qilinmoqda. Bu orqali “Inter” Kante transferi uchun 50-60 million yevro ishlab olishdan tashqari, “qaymoqranglilar” himoyachisi Ashraf Hakimi transferi uchun sarflangan 40 millionni ham qoplab oladi.

Shuningdek, kelishuvga “Real” hujumchisi Luka Yovich ham kiritilishi mumkin. “Inter” serbiyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin.

Lautaroning o‘zi “Barselona”ga o‘tishni va u yerda Lionel Messi bilan birga to‘p surishni istagandi, biroq katalon klubida ro‘y berayotgan voqealar sabab futbolchi bu fikridan qaytgan. Uning Madrid klubidagi maoshi yiliga 8 million yevro atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” uzoq vaqtdan buyon Martinesni qo‘lga kiritishga urinadi. Biroq “Inter” klubi futbolchini 111 million yevro tovon pulidan kamiga sotishga rozi bo‘lmagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют