» » O‘quvchi yoki o‘qituvchida COVID-19 qayd etilsa nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi

O‘quvchi yoki o‘qituvchida COVID-19 qayd etilsa nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedova agar o‘quvchi yoki o‘qituvchida koronavirus aniqlansa, kasallik keng tarqalmasligi uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi haqida ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, o‘quvchilarni maktabga qabul qilishda mas’ul xodim ularning oila a’zolari salomatligi, oilada yuqumli kasallik bilan og‘rigan yoki klinik belgilari namoyon bo‘layotganlar bor yoki yo‘qligini (tana haroratining 37  darajadan oshishi, ko‘ngil aynishi, yo‘tal va boshqa belgilar) tekshirishi maqsadga muvofiq.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19’ga test olinmoqda

Agar o‘quvchi yoki o‘qituvchi maktabda o‘zini yaxshi his qilmasa, unda COVID-19’ning odatiy alomatlari bo‘lsa, boshqa odamlardan alohidalash kerak. Virus yuqtirgan o‘qituvchi yoki o‘quvchi bilan aloqada bo‘lgan barcha yuzalar, shu jumladan, barcha sirtlar va buyumlar, hojatxonalar, eshik tutqichlari va telefonlarni tozalash kerak. Tozalash uchun dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

O‘quvchi yoki o‘qituvchining ahvoli yomonlashsa, (tana harorati ko‘tarilsa, O‘RVI alomatlari aniqlansa), izolyatorga joylashtiriladi. Izolyator xonasi bo‘lmagan taqdirda o‘quvchi yoki o‘qituvchi hamshiraning kabinetiga yoki izolyatsiya uchun mo‘ljallangan boshqa xonaga joylashtiriladi. Shifokorga murojaat qilish va hududiy SEOMga ma’lum qilish kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yuzlab o‘qituvchilarda koronavirus aniqlanmoqda. Lekin SSV barcha holatlarni ham rasmiy statistikaga kiritmayapti

Profilaktik chora-tadbirlar qatorida o‘quvchilar yoki o‘qituvchilarning qo‘llarini gigiyenik ishlov berish jadvalini ishlab chiqish (har soatda qo‘llarni sovun bilan yuvish yoki antiseptik spirtli eritmalar bilan ishlov berish), har ovqatdan oldin va hojatxonaga borgandan keyin, har bir mashg‘ulotdan keyin qo‘llarni sovun yoki antiseptik vositalar bilan yuvish lozim.

Bir martalik qog‘oz sochiqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qog‘oz sochiqlar, bir marta ishlatiladigan salfetkalar bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda har kuni o‘zgartiriladigan va bir-biridan 25-30 santimetr uzoqlikdagi masofada osilgan, qayta ishlatiladigan individual sochiqlardan foydalanish talab etiladi.

“Mashg‘ulotlar vaqtida guruhlarda o‘quvchilar orasidagi masofani ta’minlash o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida uzoq muddatli to‘g‘ridan to‘g‘ri jismoniy aloqalar cheklanadi hamda mashg‘ulotlar davomida turli guruhlardagi o‘quvchilarning o‘zaro aloqasi va aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”,  — deydi mutaxassis.

Inobat Ahmedova xastalikka chalingan yoki surunkali kasalligi bor o‘quvchilarga onlayn ta’lim olish tavsiya etilishiga ham to‘xtalib o‘tgan.

Shifokorning qayd etishicha, bu holatda bolaning salomatlik ko‘rsatkichlariga e’tibor beriladi. Bu ko‘rsatkichlar 5 ta guruhga bo‘linadi.

“Salomatlik guruhini aniqlashda bola salomatligi haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish zarur. Qoidaga muvofiq, 1, 2-guruhdagi bolalar umumta’lim muassasalariga qatnaydi. Onlayn ta’lim olish, asosan, 3, 4, 5-guruhdagi surunkali kasalliklari bor, ushbu kasalliklarning zo‘riqish davri aniqlangan bolalarga tavsiya etiladi”, — deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-sentabrdan boshlab yana 2300 dan ortiq maktab ochilib, ularda an’anaviy ta’lim boshlanadi. Shunday qilib, mamlakatda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan maktablar soni 2635 tani tashkil etadi. Aksariyat maktablarda an’anaviy ta’lim oktabr oyiga qadar tiklanishi kutilmoqda. Bunda maktablarni ochish haqidagi qaror individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq, mahalliy kengashlar deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinadi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga bir necha tavsiyalar bergan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют