» » Toshkentda ichki ishlar xodimlari sotuvchilardan havo sharlarini tortib olib, ularni uchirib yuborganiga izoh berildi

Toshkentda ichki ishlar xodimlari sotuvchilardan havo sharlarini tortib olib, ularni uchirib yuborganiga izoh berildi


Toshkent shahar IIBB Ichki ishlar organlari xodimlari ko‘cha savdogarlaridan gaz to‘ldirilgan sharlarni tortib olib, ularni osmonga uchirib yuborayotgani aks etgan videoyozuv bo‘yicha izoh berdi.

“Xavfsizlik me’yorlarini buzgan holda gaz bilan to‘ldirilgan havo sharlarining portlashi oqibatida yosh bola og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Agarda ishlatilishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar savdosi IIO xodimlari tomonidan to‘xtatilmaganida yuqoridagi kabi xabarlarni internetda tez-tez uchratib turgan bo‘lardingiz”, — deyiladi xabarda.

IIBBning fikricha, video ostida mualliflar IIBB xodimlarini savdogarlarning pul ishlash niyatini tushunmaslikda ayblab, o‘zlari mazkur sohada keng tarqalgan qoidabuzarliklarni, xavf va oqibatlarini tushunmasliklarini namoyish etgan.

Ma’lum qilinishicha, video Shayxontohur tumanida olingan.

“Toshkent shahar IIBB xodimlari savdogarlardan havo sharlarini olib, ularni uchirib yuborishlarining sababi — mazkur sharlar yonuvchi gaz bilan to‘ldirilganidadir. Agarda bu kabi shar xonada yoki boshqa yopiq maydonda portlab ketsa, uning yaqinidagi odamlarga jiddiy kuyish va boshqa jarohatlar yetishi mumkin”, — deya izohlaydi poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, jahon amaliyotida havo sharlarini geliy bilan to‘ldirish tavsiya etiladi — bu inert, zaharli bo‘lmagan, yonmaydigan va nisbatan xavfsiz gaz turi hisoblanadi. Ammo u arzon emas, shu sababli bir qator sotuvchilar tejash maqsadida sharlarni metan yoki vodorod bilan to‘ldirib, sharlarni ma’lum vaqtga kelib portlaydigan bombaga aylantirishadi.

“Portlashga sabab bo‘luvchi omillar ko‘p — tort ustida yonib turgan sham, sigaret, maishiy texnikadan chiqishi mumkin bo‘lgan uchqun… Shu vaqtda shar oldida qancha ko‘p odam va sharlar bo‘lsa, oqibati ham shunchalik ayanchli bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Toshkentda tug‘ilgan kun ziyofatida tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan shar yorilib ketib, bir qiz kuyib qolgani, Yashnobod tumanida Captiva’da tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan sharlar yorilishi oqibatida 3 kishi kuyish jarohatini olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkent shahar IIBB gaz bilan to‘ldirilgan sharlar xavfliligi haqida ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют