» » “Lukashenko — qonuniy prezident”. Dmitriy Peskov Sochida Putin va Lukashenko o‘rtasida o‘tkazilgan muzokara natijalarini sarhisob qildi

“Lukashenko — qonuniy prezident”. Dmitriy Peskov Sochida Putin va Lukashenko o‘rtasida o‘tkazilgan muzokara natijalarini sarhisob qildi


Rossiya Belarusdagi saylovlar natijasini tan oladi va Aleksandr Lukashenkoni mamlakatning qonuniy prezidenti deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lukashenko va Putin o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.

“Aleksandr Grigoryevich Belarusning legitim prezidenti hisoblanadi. Saylov natijasini tan olmagan insonlar qardosh Belarus davlatining fuqarolari bo‘lib, ularning barchasini qadrlaymiz va yaxshi ko‘ramiz. Biroq Belarusda sodir bo‘layotgan barcha ishlar konstitutsiyaga xos bo‘lmagan shaklda emas, balki huquqiy maydonda bo‘lishini xohlaymiz”, — deydi Peskov.

Shuningdek, Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya Belarus iqtisodiyotiga yordam ko‘rsatib kelgan va uni qo‘llab-quvvatlashni davom etadi. Prezident matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Moskva 1,5 milliard dollar miqdoridagi kreditni Lukashenkoga emas, Belarusga bermoqda.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Rossiya kreditlari Belarus tashqi qarzining 48 foizini yoki 7,92 milliard dollarni tashkil etdi. 2008-yildan beri Rossiya hukumati va Rossiyaning tashqi iqtisodiy faoliyat banki Belarusga kamida sakkizta kredit ajratgan.

Avgust oyi oxirida Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan Minskka ilgari berilgan 1 milliard dollarlik kreditni qayta moliyalashtirishga kelishib olganini ma’lum qilgan. Sentabrda Belarus hukumati Rossiya hukumatiga 2021-yilda davlat qarzini 600 million dollar miqdorida qayta moliyalashtirish to‘g‘risida ariza yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: Bloomberg: Moskva Belarusdagi norozilik namoyishlari ko‘lamidan hayratda, biroq Putin bu Lukashenkoni ag‘dara olishiga ishonmaydi

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, u 80 foiz ovoz olib oltinchi marta g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga OAVlar va kuzatuvchilar saylovlarda ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini bildirgan. Saylovlardan so‘ng ommaviy noroziliklar boshlangan va hali ham davom etib kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 124) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют