» » Kuzda urfga kirgan 90-yillarning makiyajidagi trendlar (foto)

Kuzda urfga kirgan 90-yillarning makiyajidagi trendlar (foto)


Nafaqat kiyinish, balki makiyaj va soch turmaklari bilan bogliq urflar ham tez-tez yangilanib turadi. Bir vaqtlar urfda bolgan keyin unutilgan trendlar, yana dolzarb bolishi hech gap emas. Vizajistlar 2020-yilning kuz-qish mavsumida 90-yillarga xos boyanish qayta urfga kirishini takidlamoqda.

Kipriklarga urgu berish

90- yillarda ayol va qizlar makiyajlari uchun xos bolgan kipriklarga urgu berish yana urfda. Alohida-alohida va uzun bolib turadigan kipriklarga erishish uchun kiprik qayiradigan vositadan foydalanib songra tushni bir yoki ikki qatlam qilib surtish mumkin. Oqshom tadbirlari va ziyofatlari uchun esa ulama kiprik yopishtirish, ammo suniyligi bilinib qolmaydiganini tanlash kerak boladi.

Och va yorqin bolmagan ten

Songgi 5-10 yilda kozlarni yorqin rangda boyash urfda bolgan, 30 yil avval esa hammasi boshqacha: vizajistlar, asosan, och boyoqlarga etiborini qaratgan. Och siyohrang yoki moviy va teri rangidagi tenlarni surtganda tushdan foydalanmasa ham boladi, chunki bu rangdagi boyoqlar kozni shundoq ham katta korsatadi.

Labga toq rangli kontur chizish

Sindi Krouford va Viktoriya Bekhemlarning 90-yillardagi makiyajiga nazar tashlansa, aynan mazkur boyanish uslubidan foydalanganini korish mumkin. Labingiz odatdagidan kattaroq korinishi uchun uning atrofiga jigarrang lab uchun moljallangan qalam surtib, ichini och jigarrang lab boyogi bilan boyang.

Och kok rangli ten

2010-yillardan kok ten antitrend hisoblanib, uni makiyajda qollamaslik kuzatilgandi. Lekin moda tez ozgaradi va oradan 30 yil otib, kozni shunday boyash yana urfga kirdi. Och kok, moviy rangdagi tendan kundalik, oqshom tadbirlari uchun esa klassik kok rangdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Glitter

Koz qovoqlariga blesk surish 90-yillarda Gollivud yulduzlari va supermodellar tomonidan keng qollanilgan. 2020-yilning kuzida esa mazkur boyanish uslubi yana urfga kirdi. Glitterdan, ayniqsa, maxsus uchrashuv va oqshom ziyofati uchun obrazga moslagan holda foydalaning va atrofdagilardan yorqinlik bilan ajralib turing.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (15-09-2020, 15:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ...