» » “Kecha kun bo‘yi o‘zim nafas oldim”. Navalniy zaharlanganidan so‘ng ilk bor Instagram’da post qoldirdi

“Kecha kun bo‘yi o‘zim nafas oldim”. Navalniy zaharlanganidan so‘ng ilk bor Instagram’da post qoldirdi


Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy zaharlanganidan so‘ng ilk bor Instagram’da post qoldirdi, deb xabar bermoqda Meduza.

“Salom, bu Navalniy. Sizlarni sog‘indim. Men hali ham deyarli hech narsa qilolmayapman, lekin kecha kun davomida o‘zim nafas oldim. Butunlay o‘zim. Hech qanday qo‘shimcha yordamsiz, hatto tomog‘imga o‘rnatilgan moslamadan ham foydalanmadim. Juda yoqdi. Ajoyib, ko‘pchilik yetarlicha baho bermagan jarayon. Tavsiya etaman”, — deb yozgan u postida.

Unga ilova qilingan suratda Navalniy kasalxona koykasida o‘tirgani, yonida rafiqasi Yuliya, qizi Darya va o‘g‘li Zaxar aks etgan.

14-sentabr kuni Navalniy davolanayotgan Berlindagi “Sharite” klinikasi rossiyalik siyosatchining ahvoli yaxshilangani, u sun’iy nafas oldirish apparatidan to‘liq uzilganini ma’lum qilgandi. Shifokorlar uning harakatchanligi oshayotgani va qisqa vaqtga yotgan o‘rnidan turishi mumkinligini bildirgan. Bundan tashqari, Navalniy tibbiyot xodimlariga o‘z holati haqidagi ma’lumotlarni ommaga yetkazishga shaxsan o‘zi ruxsat bergan ilk holat bo‘ldi (ungacha bunday ma’lumotlar rafiqasi Yuliya ruxsati bilan e’lon qilinayotgandi).

The New York Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Navalniy Germaniya prokuraturasi vakillari bilan muloqot qilgan. Nashr GFR xavfsizlik xizmatlaridagi manbasiga asoslanib ushbu suhbat mazmunini keltirgan. “U o‘z holatini, u bilan nima ro‘y bergani va hozir qayerdaligini to‘liq anglamoqda. U Germaniyada qolmoqchi emas. O‘z missiyasini davom ettirish uchun Rossiyaga qaytmoqchi”, — degan The New York Times suhbatdoshi.

Germaniyaning Der Spiegel nashri o‘z manbalariga asoslanib yozishicha, Germaniya xavfsizlik xizmati xodimlari fikriga ko‘ra Navalniyning zaharlanishi ortida Rossiya maxsus xizmatlari turgan bo‘lishi mumkin. Kremldagilar Rossiyaga qarshi ayblovlarni asossiz deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Germaniya hukumati Navalniy Rossiyada “Novichok”ga o‘xshash modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan. Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bog‘liq jiddiy savollarga javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham g‘azablantirdi. London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilishini “ablahona ish” deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qo‘llashga va’da berdi.

Mavzuga doir: Emmanuel Makron Navalniyning “Novichok” bilan zaharlangani bo‘yicha Putindan izoh so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют